«O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

  •   DiMaX
  •  1784
  •  02.06.2020 08:59

«O‘zavtosanoat» saytiga xakerlar hujum qilishdi

31 may kuni tunda noma’lum xakerlar «O‘zavtosanoat» kompaniyasining rasmiy uzautomotors.com saytiga hujum qilishdi. Hujum saytning vaqtincha ishlamay qolishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning Telegram-kanali xabar bergan.

O‘QING: Xakerning onasi turmaga kirib, barcha kompyuterlarning himoyasini buzib chiqdi!

Xakerlar saytning bosh sahifasida quyidagicha yozuv qoldirishgan:

«Where is the Security! Please repair your website! If you don’t it will be hacked as this!»

(Qani xavfsizlik! Iltimos, veb-sahifangizni ta’mirlang. Agar bunday qilmasangiz, u yana shunday hujumga duch keladi!).

Kompaniya mutaxassislari saytdagi birorta fayl va sahifaga zarar yetmaganini aniqladilar va qisqa vaqt ichida sayt qayta tiklandi.

Hozirda kompaniyaning veb-sayti yana avvalgidek ishlayapti.

O‘QING: Xakerlar eng ko‘p qaysi smartfonlarni va ilovalarni «sevadilar»?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!