Pavel Durov: Telegram’ga qilingan DDoS-hujumlar ortida shu davlat turibdi!

  •   DiMaX
  •  2310
  •  13.06.2019 15:12

Pavel Durov: Telegram’ga qilingan DDoS-hujumlar ortida shu davlat turibdi!

Keyingi kunlarda Telegram messenjeriga bir necha marta xakerlik hujumlari amalga oshirildi va va ayrim foydalanuvchilarda u ishlamay qoldi. Uning asoschisi Pavel Durov esa bularning ortida kim turganligi borasida Twitter orqali xabar berdi.

O‘QING: Telegram'ni yangilashga shoshilmang - boshqa ishlamay qolishi mumkin!

Messenjer muassisining yozishicha, Telegram serverlariga «axlat trafik» yuborish tezligi soniyasiga 200-400 gigabitga yetgan – bu o‘ta katta tezlik! Bunday qudratdagi DDoS-hujumni esa davlat idoralarining ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Telegram’ga qilingan mana shu oxirgi yirik hujum Gonkongdagi norozilik aksiyalari bilan bir vaqtga keldi. Bunga o‘xshash holat avval ham bo‘lgan, deya ta’kidlaydi Durov.

O‘QING: Telegram’dagi barcha o‘qilmagan xabarlarni bittada «o‘qilgan»ga aylantiramiz

Taxmin qilish mumkinki, Gonkongdagi namoyishlar Telegram orqali boshqarilib turganini Xitoy hukumati sezib qolgan. Shunda ular messenjerni bloklay olmaganlar (xuddi Roskomnadzor kabi) va unga nisbatan juda kuchli DDoS-hujum uyushtirganlar. Natijada Telegram nafaqat «Osmon osti saltanati»da, balki boshqa ayrim mamlakatlarda, jumladan – Rossiyada ham ishlamay qolgan.

Gonkong – ta’kidlab o‘tish kerakki, Xitoy Xalq Respublikasi tarkibidagi alohida ma’muriy hududdir. Keyingi kunlarda unda mamlakatdan ekstraditsiya qilishning yangi qoidalari haqidagi qonun loyihasiga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lmoqda.

Agarda ushbu qonun qabul qilinsa, Gonkong hukumati jinoyatchilikda gumon qilingan shaxslarni Xitoyga ushlab berishlari mumkin bo‘ladi. Bunga qarshi chiqayotganlar esa, mazkur qonunning huquq himoyachilariga hamda muxolifatchi faollarga qarshi ishlatishda bir qurol bo‘lib qolishidan xavotirdalar.

Norozilik aksiyalarida milliondan oshiq kishi ishtirok etgan. Taxminlarga ko‘ra, ularning harakatlari Telegram orqali rejalashtirilgan va boshqarilib turgan.

O‘QING: Telegram asoschisining fikrlash va ish samaradorligiga olib keluvchi hayotiy tamoyillarini o‘rganamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!