PlayStation egalariga Sony o‘ndan oshiq o‘yinni teppa-tekinga tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  462
  •  18.03.2021 09:59

PlayStation egalariga Sony o‘ndan oshiq o‘yinni teppa-tekinga tarqatyapti!

Sony kishilar ijtimoiy masofa saqlashga amal qilishlariga hissa qo‘shish maqsadida Play at Home dasturini joriy etgan. Kompaniya bu dastur doirasida PlayStation o‘yin pristavkalari egalariga turli o‘ynlarni bepul tarqatib kelmoqda.

O‘QING: Eng, eng, eng... mobil o‘yinlar uchta reytingda (App Annie, 2020 yil)

17 martda Play at Home dasturining ikkinchi bosqichi boshlandi, uning doirasida o‘yinlarni tekinga olish uchun PlayStation Plus obunachisi bo‘lish ham shart emas.

Avvalo, 31 martgacha 2016 yilgi Ratchet and Clank o‘yinini bepul olib qo‘yishlari mumkin.

PlayStation Plus obunachilariga esa 5 aprelgacha PlayStation 4 konsoli uchun Final Fantasy 7 Remake va yana bir nechta o‘yinni saqlab olish imkoni taqdim etilgan.

O‘QING: Jo Bayden prezidentlikning ilk dam olish kunlarini nabirasi bilan shu o‘yinga bag‘ishladi!

Yana bir qiziqarli o‘yin – Horizon Zero Dawn ham ushbu dastur doirasiga kirgan, lekin uni 9 apreldan to 14 maygacha tekinga tarqatishadi. Geymerlar o‘shanda uning Frozen Wilds qo‘shimchali, to‘liq nashrini yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Ungacha esa, PlayStation egalari 25 martdan to 22 aprelgacha Abz, Enter the Gungeon, Rez Infinite, Subnautica, The Witness nomli, shuningdek PlayStation VR uchun chiqqan: Astro Bot Rescue Mission, Moss, Thumper hamda Paper Beast o‘yinlarini bepul olish imkoniga egalar. Hattoki PlayStation VR garniturangiz bo‘lmasa ham, o‘yinlarni kelajak uchun yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Boylar ham o‘ynaydi: Ilon Maskning sevimli videoo‘yinlari qaysilar?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.