Pokemon GO chiqqanidan buyon qancha pul ishlab olganini tasavvur ham qilolmaysiz!

  •   DiMaX
  •  560
  •  07.07.2021 17:28

Pokemon GO chiqqanidan buyon qancha pul ishlab olganini tasavvur ham qilolmaysiz!

Pokémon Go o‘yini 2016 yili taqdim etilgan bo‘lib, shu kungacha ommabopligini yo‘qotmagan. SensorTower tahlil firmasi uning shu besh yildagi moliyaviy ko‘rsatkichlarini aniqlab e’lon qilishdi.

O‘QING: 7 iyuldan chiqayotgan PUBG yangi xaritasida sizni nimalar kutmoqda? (+video)

Buni qarangki, namoyish etilganidan beri Pokemon GO o‘yini jami 632 million martadan oshiq yuklab olingan. Uning o‘z yaratuvchilariga keltirgan daromadi esa yanada hayratlanarli – naq 5 milliard AQSh dollari!

Eng qizig‘i esa «pokemon»lar hozir ham o‘z yaratuvchilariga pul ishlab berishda davom etishmoqda. 2021 yilning birinchi yarmida bu o‘yin o‘z mualliflariga $642 million keltirgan. Pokemon GO loyihasi hozir ham eng ommabop o‘yinlar o‘ntaligiga kirib turibdi.

Pokemon GO uchun eng serdaromad davr esa 2020 yil bo‘lgan: shu bitta yilning o‘zidayoq foydalanuvchilar unga $1,3 milliard sarflashgan! Bu esa oldingi – 2019 yildagi ko‘rsatkichdan naq 41 foizga yuqoridir.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Hududlar kesimida olib qaraganda, Pokemon GO o‘z daromadining asosiy qismini AQSh (36,6%) hamda Yaponiya (32%) hududlaridagi geymerlardan olgan. Uchinchi o‘rindagi Germaniya geymerlari esa mazkur o‘yin daromadlarining atigi 5,4 foizini yetkazib berishgan.

O‘yinni yuklab olishlar soni bo‘yicha AQSh, Braziliya va Hindiston geymerlari yetakchi. Lekin bulardan ikkitasidagi o‘yinchilar unga pul sarflashga shoshilishmayapti.

Darvoqe, bultur 77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlangan» edi. Pokemon GO o‘yini tufayli o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan 72 yoshli boboy haqidagi xabar ham siz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!