PS4 hamda PS5 egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ikkita reytingda

  •   DiMaX
  •  707
  •  10.06.2021 11:58

PS4 hamda PS5 egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ikkita reytingda

O‘tgan oyda biz Engadget nashriga ko‘ra PlayStation 5 hamda uning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition uchun eng yaxshi o‘yinlar reytingini chiqargan edik. Endi esa Sony’ning o‘zi to‘rtinchi va beshinchi avlod konsollari egalari eng ko‘p yuklab olayotgan o‘yinlar ro‘yxatlarini e’lon qildi.

O‘QING: PlayStation’dagi bu eksklyuziv 138 ta o‘yin PS Store’dan yo‘qoladi, olib qo‘yishga ulguring! (to‘liq ro‘yxat)

Hisobotga ko‘ra, AQSh va Kanadada ham, Yevropada ham PlayStation 5 egalari eng ko‘p sotib olayotgan o‘yin Resident Evil Village ekan.

Ko‘rib turganingizdek, PS5 reytingida kuchli uchlikka AQSh/Kanada hududida Returnal hamda MLB The Show 21 taytllari kirgan. Yevropada esa ikkinchi va uchinchi pog‘onalarni tegishlicha FIFA 21 hamda Returnal band etgan.

O‘QING: 2020 yilda PlayStation 4 va PlayStation 5’larga eng ko‘p yuklangan o‘yinlar

PlayStation 4 konsoliga eng ko‘p yuklab olinayotgan o‘yinlarga kelsak, Yevropada yetakchi yana o‘sha Resident Evil Village bo‘lyapti. Bu hududda kuchli uchlikka Minecraft va Rust Console Edition o‘yinlari kirgan.

AQSh/Kanadalik PS4 sohiblari uchun esa Rust Console Edition birinchi, Resident Evil Village esa ikkinchi o‘rinda. Okean ortidagi PlayStation 4 geymerlari orasida ommabop o‘yinlar reytingining kuchli uchligini Mass Effect: Legendary Edition yakunlab bergan.

O‘QING: Nihoyat, ko‘p maqtalgan rolli o‘yin Android uchun ham chiqyapti! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!