Qimmatbaho smartfonlar va 5G-modellar bozorlarida kimlar yetakchi?

  •   DiMaX
  •  1378
  •  07.12.2019 14:18

Qimmatbaho smartfonlar va 5G-modellar bozorlarida kimlar yetakchi?

Counterpoint Research Market tahlilchilari qimmatbaho smartfonlar bozoridagi joriy yilning uchinchi choragi holat bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishdi. Shuningdek, hisobotda savdodagi 5G-smartfonlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchilarning ulushlari ham aytilgan.

O‘QING: Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Ma’lum bo‘lishicha, premium toifali smartfonlar bozorining yarmidan ko‘prog‘ini Apple zabt etgan. Ya’ni, uchinchi chorakda sotilgan qimmatbaho telefonlarning naq 52 foizi ayfonlar bo‘lib chiqyapti. Ikkinchi o‘rinni 25 foizlik ulush bilan Samsung egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni yakunlab berayotgan Huawei hissasi taxminan 12 foizga teng.

Lekin beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan premium-smartfonlar bozoriga Apple hanuz kirib kelgani yo‘q. Shu boisdan ham bu yerda 74 foizlik ulush bilan Samsung gegemonlik qilmoqda. Keyingi ikki o‘rinni esa tegishlicha 11 va 5 foizlik hissalari bilan LG hamda Vivo kompaniyalari band etishgan.

Joriy yil yakunlariga ko‘ra, 5G-qurilmalar umumiy smartfonlar savdosining bir foizdan kamrog‘ini tashkil etayotir. Biroq 2020 yildayoq mazkur ko‘rsatkich 10 foizgacha ko‘tarilishi kutilayotir.

O‘QING: Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!