«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

  •   DiMaX
  •  3349
  •  27.01.2021 12:58

«Qurilmalarni qiynovchi» videobloger sinab ko‘rdi: Galaxy S21 Ultra qanchalik mustahkam?

Samsung kompaniyasining ayni damdagi eng zo‘r smartfoni – Galaxy S21 Ultra ustidagi turli sinovlar haqida xabarlar berib kelmoqdamiz. Masalan, uning avtonomligi Xiaomi Mi 11, iPhone 12 Pro Max, OnePlus 8 Pro hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlariniki bilan solishtirilgan videoni ulashgan edik. Bundan tashqari...

O‘QING: 108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Nihoyat, janubiy koreyalik gigantning eng kuchli flagmani «qurilmalarni qiynovchi» videobloger – Zak Nelsonning qo‘liga tushdi. Texnobloger uning mustahkamligini o‘zining usullari bilan sinab ko‘rib, videosini JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Galaxy S21 Ultra ekrani yuzsiga ikki qavat himoya plyonkasi tortilgan ekan. Ularni olib tashlab, sinovni davom ettirgan Zak Nelsonning e’tiroficha, displey ustiga yotqizilgan Gorilla Glass Victus himoya shishasi chindanam mustahkam. Moos shkalasiga ko‘ra 6-darajali tirnashda ekran sal chiziladi, kuchli iz qoldirish uchun esa yettinchi darajada tirnash kerak bo‘ladi.

O‘QING: Telefon ekranidagi chiziqlardan qutulishning eng oson yo‘llari

Mustahkamlik testi davomida aniqlanishicha, Galaxy S21 Ultra bosh kamera blogi ham, smartfon korpusining qirralari singari, alyuminiydan yasalgan ekan. Undagi bo‘yoqni kanselyariya pichoqchasi bilan oson ko‘chirish mumkin, lekin orqa panel shikstga qarshi qoplamaga ega va bo‘yog‘i uncha-munchaga ko‘chmaydi.

O‘z an’ansiga ko‘ra, Zak Nelson bu flagmanning ekranini yondirgich (zajigalka) alangasi bilan ham sinab ko‘rdi. Ko‘plab AMOLED-displeylarda bo‘lgani kabi, Galaxy S21 Ultra displeyida dog‘ qoldi.

Lekin bu qurilmaning korpusini bukishga vlogerning kuchi yetmagan – u rostdan ham qattiq ekan. Zak ushbu modelning yoqimli bonusi sifatida ekranosti barmoq izi skanerining sifatli ekanini ta’kidlagan. Datchik yuzasidagi ko‘p sonli va chuqur tirnalishlar ham uning ishlash aniqligiga zarar yetkaza olmagan.

Darvoqe, Zak Nelson yaqinda 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlari reytingini e’lon qilgan edi.

O‘QING: Harorat telefonga qanday ta’sir qiladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.