RASMAN: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» Meizu 16s taqdimoti ham Xiaomi’ning muhim namoyish kuniga belgilandi

  •   DiMaX
  •  881
  •  18.04.2019 10:17

RASMAN: AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» Meizu 16s taqdimoti ham Xiaomi’ning muhim namoyish kuniga belgilandi

Meizu kompaniyasi taqdimotga tayyorlayotgan flagman bundan bir necha kun avval Geekbench benchmarkida Galaxy S10+ modeli bilan kuch sinashgandi. Kuni kecha esa bu smartfonning AnTuTu servisidagi yangi sinov natijasi barchani hayratga soldi.

O‘QING: AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

Nihoyat, kompaniya Meizu 16s flagmanining namoyish kunini Weibo ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi. Unga ko‘ra, taqdimot 23 aprel kuni Xitoyda, mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi:

Aytish kerakki, Meizu kompaniyasining asosiy raqibi – Xiaomi ham ayni shu kuni taqdimot tadbirini o‘tkazadi. Unda «superselfi» oluvchi – 32 MPlik old kameraga ega Redmi Y3 smartfoni hamda yangi smart-televizorlar namoyish qilinadi. Aftidan, Meizu o‘z tadbirini ataylab shu kunga belgilagan, chunki aynan smartfonlar borasida ular o‘zaro «teng kuchli» raqiblar hisoblanadi.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: kimning smartfoni yaxshiroq?

Meizu 16s modelining texnik xususiyatlari haqida bir qator xabarlarimizda ma’lumotlar berganmiz. Uning taxminiy narxi ham aytilgan – 447 AQSh dollaridan boshlanadi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa mazkur kompaniyaning turli rusumlardagi, bir yillik rasmiy kafolatga ega smartfonlarini 750 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da Meizu smartfonlari arzonlashdi (2019 yil 2 aprel) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.