RASMAN: Huawei va Honor smartfonlari hamda planshetlarining Android 10’gacha yangilanish jadvali

  •   DiMaX
  •  1438
  •  30.09.2019 11:49

RASMAN: Huawei va Honor smartfonlari hamda planshetlarining Android 10’gacha yangilanish jadvali

Samsung qurilmalariga Android 10 bazasidagi proshivkalar tarqatilish vaqtini hamda uni qabul qiluvchi modellarning to‘liq ro‘yxatini avvalroq e’lon qilgan edik. Endi esa navbat xitoylik texnogigantning smartfon va planshetlariga keldi.

O‘QING: Samsung endi Huawei’ni masxara qilishga o‘tdi: nishonda – Mate 30 flagmanlari!

Huawei kompaniyasi eng yangi – Android 10 operatsion tizimi asosida ishlab chiqilgan EMUI 10 proshivkasining o‘z mobil qurilmalariga tarqatilish vaqtini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, naq 33 modeldagi Huawei hamda Honor brendli smartfonlar va planshetlar Android 10 talqinigacha yangilanadi. Afsuski, bu yerda gap barqaror proshivka emas, balki uning sinov relizlari haqida ketyapti.

Kompaniya allaqachon tanlab olingan xohlovchilar bilan – yopiq rejimda EMUI 10 proshivkalarini testdan o‘tkazmoqda. Barcha istovchilar uchun ochiq test esa quyidagi jadval bo‘yicha o‘tkaziladi:

Demak, oktyabrning o‘rtasida Huawei P30 turkumidagi qurilmalar egalari uchun ochiq beta-test boshlanadi. Mate 20 hamda P20 seriyalaridagi devayslar esa beta-test jarayoniga oktyabrning oxirida, Mate 10 turkumi gadjetlari esa – noyabrning yakunida qo‘shiladi. Nova turkumiga keladigan bo‘lsak, Nova 4e uchun proshivka sinovlari oktyabrda, Nova 5 Pro uchun – noyabrda boshlanadi. Honor 20, 20 Pro, V20 hamda Magic 2 modellari sohiblari oktyabrda, Honor brendining qolgan qurilmalari egalari esa – noyabr yoki dekabrda beta-test jarayonlariga qo‘shila oladilar.

Shuningdek, mazkur ro‘yxat xitoycha proshivkalarga tegishli. Global proshivkali Huawei hamda Honor qurilmalari uchun Android 10 bazasidagi EMUI 10 proshivkalari tarqatilish vaqti alohida ma’lum qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda xitoylik texnogigantning global talqindagi ayrim smartfonlarini 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Endi eng arzon smartfonlarga ham Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!