RASMAN: Nubia ham ikkinchi geymerofoni – Red Magic 2’ni jangga tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  443
  •  23.10.2018 16:19

RASMAN: Nubia ham ikkinchi geymerofoni – Red Magic 2’ni jangga tayyorlayapti! (+«jonli» surat)

Aksariyat smartfon foydalanuvchilarining o‘yinlarga ishqibozligini inobatga olib, ishlab chiqaruvchilar aynan geymerlarga mo‘ljallangan telefonlar ishlab chiqarishga zo‘r bera boshlashdi. Jumladan, ilk geymerofonni tayyorlagan kompaniya yaqinda uning ikkinchi avlodi – Razer Phone 2 modelini chiqardi, «xitoycha Apple» ham allaqachon Xiaomi Black Shark 2 qurilmasini taqdim etyapti.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Xiaomi Black Shark geymerofoni taqdimotidan keyin ZTE korporatsiyasiga tegishli Nubia brendi ham Red Magic rusumli o‘yinbop smartfonni namoyish etgandi. «Xitoycha Apple» ushbu qurilmasining ikkinchi avlodini namoyish qilayotgan 23 oktyabrda esa Nubia ham «jonlanib» qoldi. Ya’ni, bugun u Red Magic 2 geymerofonining ilk tizerini Weibo tarmog‘ida e’lon qildi.

Ushbu ikkinchi «Qizil Jodu»ning texnik xususiyatlari haqida biror ma’lumot berilmagan. Ammo tizer tasvirdagi robot bu qurilmaning yuksak samaradorligiga, uning chiroqlari esa geymerofon korpusining yorug‘lik-diodli chiroqlarga ega ekanligiga ishora qilayotganini payqash mumkin.

O‘QING: Atigi 230 dollarlik Vivo Z3 – kompaniyaning ilk o‘yinbop smartfoni taqdim etildi

Mish-mishlarga qaraganda, bu devays Qualcomm Snapdragon 845 chipiga, 8 gigabaytgacha tezkor va 128-256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega. Shuningdek, Nubia Red Magic 2 korpusining yonlarida maxsus tugmachalar bo‘lib, ulardan o‘yinda foydalaniladi.

Internetda esa ushbu geymerofonning turli «jonli» suratlari ham tarqala boshlagan:

Aytish kerakki, o‘yinbop smartfonlarning texnik jihatlari kuchli, ishlash samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Jumladan, Xiaomi Black Shark modeli 2018 yilning aprelidan to oktyabrigacha benchmarklarda Android-smartfonlarning eng zo‘ri sifatida «taxtdan tushmay» kelgan. Ayni shu geymerofonning global versiyadagi, 6/64 gigabaytlik xotiraga ega talqinini mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 966 000 so‘mga olishingiz mumkin.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone Xs Max’dan ham kuchli Xiaomi Black Shark 2 smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!