RASMAN: Xiaomi nihoyat Redmi Note 5 taqdimotining aniq sanasini aytdi!

  •   DiMaX
  •  2635
  •  05.02.2018 16:27

RASMAN: Xiaomi nihoyat Redmi Note 5 taqdimotining aniq sanasini aytdi!

Xiaomi’ning Redmi Note 5 rusumli smartfoni haqidagi mish-mishlar ikki oydan buyon davom etib kelayotir. Hatto uning umuman chiqarilmasligi xususida ham xabarlar tarqalgan. Nihoyat, bugun «xitoycha Apple» bu gap-so‘zlarga nuqta qo‘ydi!

O‘QING: Hayratomuz Redmi Note 5 sotuvga tayyor

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi Note 5 modeli diagonali 6 dyuymlik IPS-ekranga ega. Yonlari romsiz bo‘lgan ekranning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa 2160x1080 pikselga teng (FHD+ formati). Qurilmaning «yuragi» – 1,8 GGs takt chastotasida ishlovchi 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 636 protsessori, u Adreno 509 grafik chipi bilan boyitilgan.

Ko‘plab jurnalistlar allaqachon mazkur modelning taqdimot marosimiga taklifnoma olishdi. Ushbu tadbir Hindistonning poytaxtida bo‘lib o‘tishi xabar qilingan. Quyidagi rasmiy tizerda aks ettirilishicha, Redmi Note 5 joriy yilning 14 fevralida ommaviy namoyish etiladi:

Tizerda «5» raqami fotokamera kadri sifatida va fon bilan aks ettirilgani shunga ishora qilmoqdaki, Redmi Note 5 qo‘shaloq kamerasi orqali orqa fonni xiralashtirgan holda portret rejimida suratlar olishga qodir.

O‘QING: Redmi Note 5 ilk «jonli» suratda: metall korpus va qo‘sh kamerali!

Smartfonning old kamerasi 8, qo‘shaloq asosiy kamerasi esa 16 megapikselli. Tezkor xotirasi hajmi 3/4 GB, doimiy flesh-xotirasi hajmi esa 32/64 GBga teng. Yana unga 256 GBgacha hajmli microSD-karta qo‘yish mumkin. Fabletning korpusi metalldan ishlangan bo‘lib, an’anaviy microUSB portiga ega. Uning 4000 mA/soat sig‘imli akkumulyatori esa tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan «kelishadi».

Redmi Note 5 uyali aloqaning to‘rtinchi avlodi – 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, unda VoLTE – ovozli aloqa texnologiyasi ham mavjud. Shuningdek, bu gadjet Wi-Fi 802.11ac (ikkita diapazonli) hamda Bluetooth 4.2 LE modellariga ham ega.

O‘QING: Redmi Note 5'ning xalqaro bozorda sotilish vaqti ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!