RASMAN: Xiaomi smartfonlarning barqaror global MIUI 10’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  2580
  •  25.09.2018 11:06

RASMAN: Xiaomi smartfonlarning barqaror global MIUI 10’gacha yangilanish rejasini e’lon qildi!

«Xitoycha Apple» o‘zining global savdoga chiqarilgan smartfonlari uchun barqaror MIUI 10 proshivkasini tarqatishni allaqachon boshlagan. Ushbu talqindagi grafik qobiq mazkur qurilmalar egalariga ko‘plab yangi imkoniyatlar taqdim etadi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlaridan to‘qqiztasiga barqaror global MIUI 10 chiqdi

Xiaomi kompaniyasi yaqin orada yana bir qator smartfonlari uchun MIUI 10 talqinidagi barqaror global proshivkalarni tarqata boshlaydi. Bu haqda kompaniya o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan.

Unga ko‘ra, oktyabrning boshida MIUI 10 bazasidagi yakuniy proshivka Redmi 6, Redmi 6A, Redmi 5, Redmi 5A va Redmi Note 4 kabi bir qator modellardagi qurilmalarga tarqatiladi.

Oktyabr oyining o‘rtalarida esa Mi Note 3, Mi 5s, Mi 5s Plus, Mi Max, Mi Max Prime, Mi Max 2, Redmi 4X, Redmi 4A hamda Redmi Note 5A Prime rusumli smartfonlar MIUI 10’ga asoslangan yangi proshivkaga ega bo‘ladi.

Noyabr oyi boshida bo‘lsa barqaror global MIUI 10 proshivkasi Mi 3 va Mi 4, Qualcomm protsessorli Redmi Note 3, Redmi Note 3 Special Edition, Redmi 3S hamda Redmi 3X, MediaTek protsessorli Redmi Note 4 hamda Redmi 4 Prime smartfonlariga yuboriladi.

O‘QING: Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Yangilamay turing, jiddiy gap bor!

MIUI 10 yangicha interfeysga ega, u «sun’iy idrok» tizimi bilan mustahkam integratsiyalashgan. Tizim tovushlari va chaqiruv ovozlariga yangi signallar, shu jumladan tabiat tovushlari qo‘shilgan. Foydalanuvchi interfeysi ekrani tomonlari 18:9 nisbatli va «kemtik»li romsiz smartfonlarga ham moslashtirilgan, an’anaviy 16:9 nisbatli ekranga ega modellarda ham o‘zgarishlar ko‘p. Shuningdek, MIUI 10 hatto yakka modulli bosh kameraga ega smartfonlarga ham boke effekti – portret rejimida suratga olish imkonini baxsh etadi.

Aytish kerakki, Xiaomi yuqoridagi ro‘yxatga kirgan rusumlardagi qurilmalariga MIUI 10 bazasidagi yakuniy proshivkani «havo orqali» bosqichma-bosqich jo‘natadi. Shu bois, agarda smartfoningizga apdeyt shu ko‘rsatilgan muddatda kelmasa – xavotirga o‘rin yo‘q, sal kutishga to‘g‘ri keladi.

«Xitoycha Apple»ning bir qator rusumlardagi smartfonlari, shu shumladan «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 ham rasmiy kafolat bilan sotilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!