Rasmiy taqdimotidan avval Vivo V21 5G smartfonini anboksing videosida batafsil ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  540
  •  26.04.2021 17:05

Rasmiy taqdimotidan avval Vivo V21 5G smartfonini anboksing videosida batafsil ko‘ramiz!

2021 yilning birinchi choragida Vivo eng ko‘p smartfon sotgan kompaniyalar ro‘yxatiga kirgan. Uning Vivo X50 Pro+ modeli esa, aprel oyi reytingiga ko‘ra, narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfondan biridir.

O‘QING: vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xitoylik bu ishlab chiqaruvchi 27 aprel kuni Vivo V21 5G rusumli yangi telefonining taqdimotini o‘tkazishini e’lon qilgan. Blogerlardan biri esa allaqachon uning anboksing videosini e’lon qildi.

Lavhada ko‘rsatilishicha, Vivo V21 5G qadoq jamlanmasiga smartfonning o‘zi va hujjatlaridan tashqari himoya g‘ilofi, SIM-karta uyachasini ochish uchun ignacha, 33 vattlik tezkor quvvatlagich va kabel ham kirgan. Shuningdek, bu modelda 3,5 millimetrlik audiotirqish yo‘qligi bois, USB Type-C portidan 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishiga o‘tkazuvchi audioperexodnik ham qutiga solingan.

Qurilmaning orqa paneli shishadan ishlangan va ikki rangli gradiyent tusda. Korpusining chap qirrasida biror boshqaruv unsuri yo‘q – smartfonni o‘chirib-yoqish hamda ovozini ko‘tarish-pastlatish tugmachalari o‘ng qirrada.

Vivo V21 5G orqa panelidagi bosh kamera 64 megapiksellik asosiy hamda 8 va 2 megapiksellik qo‘shimcha sensorlarni o‘z ichiga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uni diagonaliga 6,44 dyuymlik AMOLED-displey bilan jihozlashgan. Full HD+ formatida tasvir uzata oluvchi ekranning kadr yangilanish chastotasi 90 gersga teng.

Smartfon MediaTek Dimensity 800U protsessori bazasida qurilgan va 8 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Uning akkumulyatori tok sig‘imi 4400 mA/soatni tashkil etadi. Insayderlarga ko‘ra, Vivo V21 5G bozorga taxminan 400 dollarlik narxnoma bilan chiqariladi.

O‘QING: 2021 yil 1-chorakdagi eng zo‘r o‘nta smartfon (Master Lu reytingi)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!