Realme o‘n millionlik dovonni zabt etdi!
Realme kompaniyasi o‘zining ilk smartfonini o‘tgan yilning may oyida taqdim etgandi. O‘tgan vaqt davomida ishlab chiqaruvchi 10 xil modeldagi smartfonlarni taqdim qildi.
Natijada 14 oy ichida kompaniya dunyo bo‘ylab 10 milliondan ziyod smartfon sotishga erishdi.
Oppo qanoti ostidan chiqqach, kompaniya Realme 1, undan so‘ng esa Realme 2 va Realme 2 Pro modellarini taqdim etdi. Realme 3 va Realme 3 Pro esa ajoyib narx va sifat muvofiqligi bilan jahon bozorida o‘z o‘rnini egalladi.
Avvalroq, 8 avgustda Realme kompaniyasi 64 megapikselli smartfonni namoyish qilishi haqida aytib o‘tgan edik.