Realme va Redmi’larning hamyonbop 5G-smartfonlari kushandasini Samsung tayyorlamoqda!

  •   DiMaX
  •  2109
  •  22.12.2020 13:40

Realme va Redmi’larning hamyonbop 5G-smartfonlari kushandasini Samsung tayyorlamoqda!

Galaxy A32 5G rusumli yangi telefoni kuni kecha FCC sertifikatini olgan, o‘shanda uning ayrim xususiyatlari oshkor bo‘lgan edi. Samsung kuni kecha uning samaradorligini ommabop Geekbench servisida sinab ham ko‘rgan.

O‘QING: TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

Biroq janubiy koreyalik texnogigantning arzon 5G-smartfoni bunisi ham emas ekan: kompaniya Galaxy A22 (yoki Galaxy A22 5G) rusumli qurilmasini tayyorlayapti. Bu – aprelning boshida namoyish etilgan, kvadrokamerali Galaxy A21 smartfonining davomchisidir.

Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, Galaxy A22 beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va Koreyada 200 ming von atrofida narxlanadi. Bu esa taxminan 180 AQSh dollariga teng keluvchi qiymatdir.

Galaxy A22 5G texnik xususiyatlari haqida aniq ma’lumot yo‘q; ammo uning Dimensity 700-seriyadagi yoki hali chiqmagan Qualcomm 600-seriyadagi protsessor bilan ta’minlashsa kerak.

Bordiyu shu ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topsa, Samsung’ning yangi devaysi, nihoyat, Realme hamda Redmi kabi arzonchi brendlarning 5G-smartfonlari bilan raqobatga kirisha oladi. Kompaniya uni 2021 yilning ikkinchi yarmidan Hindiston, Osiyo va ayrim Yevropa mamlakatlari bozorlariga chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung flagmanlarini ijaraga oling