Redmi 7 namoyish etildi, to‘liq xususiyatlari va narxlarini ko‘rib chiqamiz!

  •   DiMaX
  •  13938
  •  18.03.2019 13:17

Redmi 7 namoyish etildi, to‘liq xususiyatlari va narxlarini ko‘rib chiqamiz!

Xiaomi kompaniyasi bugun Redmi Note 7 Pro smartfonining xitoycha versiyasi bilan birga, yangi – Redmi 7 modelini ham taqdim etdi. Bu – ayni damda Gorilla Glass 5 himoya shishasiga ega eng arzon smartfondir.

O‘QING: Redmi 7’ni taqdimotidan avval Redmi Note 7 bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Xiaomi mazkur modelida kutilganidek Snapdragon 625/630 emas, balki nisbatan yangi va kuchliroq bo‘lgan Snapdragon 632 protsessorini qo‘llagan. Tomchisimon «kemtik»li ekranining tasvir sifati HD+ formatida bo‘lib, korpusi IP2v standartiga ko‘ra suv sachrashidan himoyalangan. Xaridorlar uni qora, ko‘k yoki qizil rangli korpusda olishlari mumkin bo‘ladi.

Redmi 7 modeli tezkor/doimiy xotirasining hajmiga ko‘ra uch xil konfiguratsiyada savdoga chiqariladi. Boshlang‘ich variantdagisi 2/16 gigabaytlik bo‘lib, 699 yuanga baholangan, bu esa 105 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Xotira hajmi 3/32 hamda 4/64 gigabaytlik bo‘lganlari uchun esa tegishlicha 799 va 999 yuandan (120 va 135 dollar) narx belgilangan.

O‘QING: Redmi 7’ning eng muhim jihati nimada? Xiaomi vitse-prezidenti aniqlik kiritdi

Xiaomi Redmi 7 smartfonining texnik xususiyatlari esa quyidagicha:

Tarmoq: GSM (B2/3/5/8), CDMA (BC0), WCDMA (B1/2/5/8), FDD-LTE (B1/3/5/7/8), TDD-LTE (B38/39)

Operatsion tizim (taqdimot paytida): MIUI 10 na baze Android 9 Pie

Displey: 6,26 dyuymlik, 19,5:9 nisbatli, 1520x720 piksellik, Gorilla Glass 5

Bosh kamera: «sun’iy ong»li qo‘shaloq: 12+2 MP, LED-chaqnoq, 1080p@30fps sifatida video yoza oladi.

Old kamera: 8 MP, «sun’iy ong»li, HDR

Protsessor: 14 nm.lik Snapdragon 632: 1,8 GGs.gacha chastotali 8ta yadro

Grafik tezlatgich: Adreno 506

Tezkor xotira: 2/3/4 GBlik, LPDDR4X

Ichki xotira: 16/32/64 GBlik

Xotira kartasi: 256 GBgacha hajmli microSD

Simsiz interfeyslar: GPS, A-GPS, GLONASS, Beidou; Bluetooth 5.0; Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2,4/5 GGs

Portlar: USB Type-C; 3,5 mm.lik quloqchin tirqishi

SIM-karta turi: ikkita nano-SIM uyachasi bor

Qo‘shimcha: barmoq izi skaneri

Akkumulyator: 4000 mA/soatlik

O‘lchami: 158,73x75,58x8,47 mm

Vazni: 180 gramm

Xiaomi kompaniyasi mazkur brend ostidagi oldingi smartfonlari qatori, Redmi 7 modeliga ham o‘z yurtida 18 oylik kafolat beryapti, ammo uning xalqaro bozorga chiqish-chiqmasligi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ushbu kompaniyaning eng arzon Redmi Go smartfoni hamda ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1s modelini, umuman, atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami ellikka yaqin nomdagi Xiaomi telefonlarini sotib olish imkoni bor. Bundan tashqari, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.