Redmi 7’ning eng muhim jihati nimada? Xiaomi vitse-prezidenti aniqlik kiritdi

  •   DiMaX
  •  4105
  •  16.03.2019 14:16

Redmi 7’ning eng muhim jihati nimada? Xiaomi vitse-prezidenti aniqlik kiritdi

«Xitoycha Apple»ning eng shov-shuvli smartfonlaridan biri Redmi Note 7 modeli bo‘ldi. Hatto taqdimotidan avval uning mustahkamligi va ichiga suv kirmasligi ko‘rsatilgan bir nechta videolar tarqaldi. Ammo bu qurilma sotuvga chiqqach...

O‘QING: Redmi Note 7 chindan ham «yong‘oqchaqar»mi? JerryRigEverything «jonli» videotestini tomosha qilamiz!

Mazkur smartfon ekrani Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan muhofaza etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi’ning keyingi arzon smartfoni – Redmi 7 ham xuddi shunday himoyaga ega. Bu haqda korporatsiyaning vitse-prezidenti hamda Redmi brendining rahbari Lu Veybing (Lu Weibing) o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali xabar bergan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Redmi 7 modeli shunday muhofaza etilgan eng arzon smartfon bo‘ladi. Zero, Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi 150 dollargacha narx toifasiga mansub qurilmalarda ilk bor qo‘llanilmoqda.

O‘QING: Redmi 7’ni taqdimotidan avval Redmi Note 7 bilan «jonli» videoda taqqoslab ko‘rsatishdi!

Umuman olganda, Xiaomi kompaniyasining top-menejeri Ley Szun (Lei Jun) avvalroq Redmi 7 modeli 700-800 yuanga narxlanishini aytgandi, bu esa 105–120 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Mazkur smartfon 18 martda rasman namoyish etiladi, savdoga qachon chiqarilishi hozircha aytilmagan.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa ushbu kompaniyaning eng arzon Redmi Go smartfoni hamda ilk tugmachali telefoni – Xiaomi Qin 1s modelini, umuman, atigi 590 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda jami ellikka yaqin nomdagi Xiaomi telefonlarini sotib olish imkoni bor. Bundan tashqari, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 va eng arzon Redmi Go ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlarining narxlari (2019 yil 12 mart)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!