Redmi K30 Pro turkumi salkam 100 dollargacha arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2233
  •  06.07.2020 09:30

Redmi K30 Pro turkumi salkam 100 dollargacha arzonlashdi!

Xiaomi joriy yilning mart oyida Redmi K30 Pro smartfoni va uning K30 Pro Zoom Edition versiyasini namoyish etgan. Kompaniya yaqinda Redmi 10X Pro smartfonini sotuvga chiqarib, Redmi K30 5G Extreme Edition hamda Redmi K30 Pro modellarini arzonlashtirgan.

O‘QING: Redmi K30 naq yuz dollarga arzonlashib, K30 Pro yangi variantda taqdim etildi

Endi bo‘lsa Xiaomi o‘z yurtida Redmi K30 Pro seriyasidagi flagmanlarning narxlarini keskin pasaytirdi – savdoga yangi chiqqan payti bilan solishtirganda, oradagi farq yuz dollarga yaqinlashib qoladi.

Standart model – Redmi K30 Pro endi 382 dollardan taklif etilyapti, 8/256 gigabaytlik Redmi K30 Pro Zoom kamerofonini esa 481 dollardan olish mumkin.

Ta’kidlash o‘rinliki, Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanining 64 + 20 + 13 + 8 megapiksellik kvadrokamerasi 3 karralik optik yaqinlashtiruv va to‘rtta o‘qli barqarorlashtirish texnologiyalariga ega.

Darvoqe, standart Redmi K30 Pro modeli AnTuTu benchmarki bo‘yicha 2020 yilning mart oyidagi eng kuchli flagmanlar o‘ntaligiga ham kirgan.

O‘QING: TOP-10: AnTuTu nazdida iyun oyidagi eng zo‘r flagmanlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!