Redmi K30S – ushbu turkumdagi so‘nggi flagman!

  •   DiMaX
  •  1777
  •  14.10.2020 15:56

Redmi K30S – ushbu turkumdagi so‘nggi flagman!

Xiaomi yaqinda Yevropa bozoriga taqdim etilgan flagmanlar – Mi 10T hamda Mi 10T Pro modellari endi Redmi brendi ostida boshqa nom bilan chiqadi. Snapdragon 865 protsessorli bu smartfonlar tegishlicha Redmi K30T va Redmi K30T Pro deb atalishi aytilgan edi.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 10 – arzonlashtirilgan Xiaomi flagmanining yaxshilangan versiyasi!

Lekin taniqli xitoylik insayder – Digital Chat Station bergan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, Xiaomi Mi 10T modelining mahalliy versiyasi Redmi K30S deb nomlanadi va u Redmi K30 turkumining so‘nggi vakili bo‘lib qoladi.

Biroq informator Xiaomi Mi 10T Pro flagmani hamda Xiaomi Mi 10T Lite arzon smartfoni Xitoy uchun qanday nomda chiqishi haqida biror nima demagan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Xitoyda mazkur turkumda Redmi K30, Redmi K30 Pro, Redmi K30i, Redmi K30 4G, Redmi K30 Pro Zoom Edition hamda Redmi K30 5G Extreme Edition modellari sotuvga chiqqan.

Xitoy bozoriga mo‘ljallangan Redmi K30S esa ushbu oyning oxirida yoki keyingi oy avvalida rasman namoyish etiladi. Zero, har yili 11 noyabr (11.11) sanasi bu mamlakatda «Bo‘ydoqlar kuni» – chegirmalar pallasi bo‘ladi va misli ko‘rilmagan hajmlarda savdolar amalga oshiriladi. Redmi esa yangi mahsulotini shungacha bozorga chiqarib ulgurishi kerak.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlariga 18 oktyabrgacha chegirma va sovg‘alar bor!

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.