Redmi Note 7’ning yana bir raqibi – 150 dollarlik Huawei Y6 Prime 2019 namoyish etildi!

  •   DiMaX
  •  3660
  •  29.03.2019 13:42

Redmi Note 7’ning yana bir raqibi – 150 dollarlik Huawei Y6 Prime 2019 namoyish etildi!

Huawei kompaniyasi P30 hamda P30 Pro flagmanlarini maxsus tadbirda taqdim etgach, ularning Lite-versiyasini ham sotuvga chiqardi. Endi esa xitoylik texnogigant haqiqatan arzon smartfonlar turkumiga mansub Y6 Prime 2019 modelini namoyish qildi.

O‘QING: Parijdagi taqdimotda ko‘rsatilmagan Huawei P30 Lite namoyish etilib, allaqachon sotuvga ham chiqdi!

Huawei Y6 Prime 2019 modeli yakka kristalli MediaTek Helio A22 protsessori bazasida ishlaydi, unga atigi 2 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Smartfonning doimiy xotirasi 32 gigabaytlik bo‘lib, yana microSD formatli kartacha uchun ham uyachasi bor. Orqa panelida barmoq izi skaneri o‘rin olgan bo‘lib, undan tashqari old kamera yordamida egasining yuzini tanish orqali qurilmani qulfdan chiqarish funksiyasi ham mavjud.

Smartfon diagonaliga 6,09 dyuymlik IPS-displey bilan ta’minlangan, uning tasvir aniqligi 1560x720 piksellik. Ekranning yuqori qismi o‘rtasidagi tomchisimon «kemtik»ka 8 megapiksellik selfi-kamera joylangan. Bosh kamera esa 13 megapiksellik yakka modulga va F/1,8 diafragmali ob’yektivga ega.

O‘QING: Huawei MediaPad T3 10 plansheti tavsifi: ish va kundalik hayot uchun munosib tanlov

Huawei Y6 Prime 2019 korpusining o‘lchamlari 156,28x73,5x8 millimetrga teng va u 150 gramm tosh bosadi. Tok sig‘imi 3020 mA/soatlik akkumulyatorga ega bu smartfon EMUI 9.0 interfeysi ostidagi Android 9.0 Pie operatsion tizimi bilan ishlaydi.

Xitoylik texnogigant ushbu smartfonini o‘z yurtida 150 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqaryapti. Ya’ni, Huawei Y6 Prime 2019 smartfoni Xiaomi’ning bestseller bo‘lgan Redmi Note 7 (sotib olish) modeli bilan bir xil baholangan, ammo texnik jihatlariga ko‘ra undan pastroq.

Huawei Y6 Prime 2019 gadjetining Xitoydan tashqarida ham sotilishi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. Lekin Terashop.uz internet-do‘konimizda ushbu kompaniyaning ayrim smartfonlarini 825 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!