Redmi Note 7 Pro’ning asosiy raqibi – Meizu Note 9 taqdimoti rasman e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  1598
  •  21.02.2019 12:44

Redmi Note 7 Pro’ning asosiy raqibi – Meizu Note 9 taqdimoti rasman e’lon qilindi

Xiaomi kompaniyasi Xitoyning o‘zida qanchalik mashhur bo‘lsa, Meizu ham shu qadar dong taratgan va bu bejiz emas. Zero, mazkur ikkala ishlab chiqaruvchi ham o‘zlarining sifatli, ammo hamyonbop mahsulotlari bilan tanilgan.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Xullasi kalom, «xitoycha Apple» o‘zining Redmi Note 7 Pro modelini tayyorlayotgani haqida bir qator ma’lumotlar berganmiz. Meizu esa unga raqobatchi gadjetini tayyorlagan va allaqachon uning namoyish sanasini e’lon qildi!

Tizerda yordam so‘rab osmonga raketa otishga tayyorlanayotgan qiz tasvirlangan, tepada esa samolyot unga kerakli yukni olib kelayotir. Bu voqea 6 mart kuni yuz beradi, qimmatbaho yuk esa Meizu Note 9 smartfoni bo‘ladi.

O‘QING: Meizu Note 9 ham Redmi Note 7’ga qarshi maydonga tushmoqda!

Mazkur e’londa Meizu Note 9 haqida boshqa biror ma’lumot berilmagan, ammo avvalroq «sizib chiqqan» xabarlar orqali ulardan ozmi-ko‘pmi boxabar bo‘lganmiz.

Ularga ko‘ra, ushbu qurilma diagonaliga 6,2 dyuymlik, tomchisimon «kemtik»li ekranga ega bo‘lib, tasvir aniqligi 2244x1080 pikselni tashkil etadi. Uning «elektron yuragi» sifatida Snapdragon 675 protsessori tanlangan, tezkor/doimiy xotirasi esa tegishlicha 6/64 gigabaytlik hajmda. Meizu Note 9 qo‘shaloq – 48 va 5 megapiksellik asosiy kamera hamda 20 megapiksellik selfi-kamera bilan jihozlangan. Uning akkumulyatori ham baquvvat – naq 4000 mA/soatlik.

Ko‘rinib turibdiki, Meizu Note 9 o‘z xususiyatlariga Redmi Note 7 Pro modelidan umuman qolishmaydi. Demak, raqobatda asosiy masala narxga borib taqalishi aniq.

Darvoqe, bozoriga chiqarilgan ayrim Xiaomi smartfonlarini allaqachon 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor, Redmi Note 7 modelini esa hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin. Meizu smartfonlarini esa 799 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz’dan xarid qiling. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi daktiloskopli ekranga ega Redmi Note 7 Pro’ning ham namoyish kunini e’lon qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.