Ronaldu rekordidan so‘ng Pele o‘z Instagram’ida gollari sonini oshirib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  3806
  •  06.01.2021 09:34

Ronaldu rekordidan so‘ng Pele o‘z Instagram’ida gollari sonini oshirib qo‘ydi

Biz yaqinda Instagram’da eng ko‘p folloverga ega akkauntlar TOP-20 reytingini e’lon qilgan edik. Kuni kecha shu ro‘yxat yetakchisi bo‘lgan Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi – u mazkur tarmoqda 250 million obunachiga ega ilk akkaunt bo‘ldi!

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Instagram tarmog‘ida afsonaviy futbolchi Pelening rasmiy sahifasida yozilgan tavsif o‘zgardi. Endilikda profilda hujumchi barcha vaqtlarning eng yaxshi to‘purari ekanligi ko‘rsatilib, u faoliyatida 1283 ta gol urgani qayd etilgan.

Eng qizig‘i, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi rekord o‘rnatgani aniqlangandan so‘ng profil tavsifi o‘zgardi, deya xabar tarqatmoqda UzReport news.

4 yanvar kuni Ronaldu A seriyaning «Udineze» ga qarshi o‘yinida o‘zining 758-golini urdi. Faoliyatidagi gollar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 757 ta gol urgan Peledan o‘tib ketdi.

Endi Pelening Instagram’ida u ko‘proq gol urgani haqida yozilgan. Xuddi shunday voqea avvalroq – «Barselona» sardori Lionel Messining rekordidan keyin ham sodir bo‘lganligi qiziq.

U «Barselona» safida 644 ta gol urdi va Pelening bir klub uchun gol urish bo‘yicha rekordini yangiladi. Shundan keyin «Santos» Pele klub uchun 1091 ta gol urganini e’lon qilgandi.

O‘QING: Rim papasi akkauntidan model qizning erotik suratiga layk bosildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!