Rossiyalik o‘quvchilar robotlar olimpiadasida jahon rekordini o‘rnatishdi

  •   Saroy
  •  832
  •  22.08.2018 12:02

Rossiyalik o‘quvchilar robotlar olimpiadasida jahon rekordini o‘rnatishdi

Chelyabinsklik ikki o‘quvchi,  aka-singil Mixail va Anfisa Makarovlar Tayvanda bo‘lib o‘tgan FIRA RoboWorld Cup robotlar musobaqasida ishtirok etishib, sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ularning insonga o‘xshash robotlari og‘ir atletikada jahon rekordini o‘rnatdi.

Ushbu musobaqa doirasida robotlar haqiqiy olimpiadada sportchilar bajaradigan turli mashqlarni bajaradilar. Ko‘pkurash yakunlariga ko‘ra, rossiyalik maktab o‘quvchilari uchinchi o‘rinni egallashdi, ammo musobaqaning og‘ir atletika turida rekord ko‘rsatkichga ega bo‘ldilar.

O‘QING:Robotlar shahri paydo bo‘ladi

Robotlar uchun og‘ir atletika mashqlari shtangani boshi ustida dast ko‘targancha imkon qadar uzoqroq masofaga yurib borishdan iborat edi. Ushbu bellashuvda haqiqiy shtanga o‘rniga  CD-disklaridan foydalanildi. Rossiyalik robot 104 ta diskni ko‘tara oldi.

O‘quvchilar Chelyabinsking «Killer» jamoasi tarkibiga kiradi. Mixail 12 yosh,  Anfisa esa endi 10 yoshga kirdi. Mazkur xalqaro musobaqaga ishtirok etish uchun ular uch oy tayyorgarlik ko‘rdilar.

O‘QING:O‘rgimchak-robotlar: ularni siz payqamaysiz ham

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!