Sakkizta tarif rejasida abonent to‘lovi oshmasdan, limitlar ko‘paydi!

  •   DiMaX
  •  5545
  •  01.04.2021 15:19

Sakkizta tarif rejasida abonent to‘lovi oshmasdan, limitlar ko‘paydi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati avvalroq o‘zining Uzmobile uyali aloqa operatori abonentlari uchun ikkita xushxabar chiqargan edi. Shuningdek, uning xizmatlariga endi ID-karta yordamida ham ulana olasiz! Bulardan tashqari...

O‘QING: UZTELECOM chegaralarni Kanadadan Afrikagacha, Bagam orollaridan Shri-Lankagacha kengaytirdi!

UZTELECOM rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 2021 yil 1 apreldan boshlab yagona to‘lov tizimiga ega innovatsion UNITS tarif liniyasida bir qator yangilanishlar joriy etilgan.

Endilikda, UNITS 3 500 tarif rejasida abonent to‘lovi qiymati o‘zgartirilmasdan qo‘shimcha 500 Unit’ni o‘z ichiga oldi, bunda tarif rejasining amal qilish muddati 15 kundan 30 kunga uzaytirildi.

Bundan tashqari, UNITS 7000, UNITS 10 000, UNITS 13 000, UNITS 17 000, UNITS 21 000 tarif rejalari qiymati har biri uchun 1 000 Unit’ga ko‘paytirilgan! Endi abonentlar eski narxda qo‘shimcha 1000 resursli tariflarni sotib olishlari mumkin! Masalan, 45 000 so‘mli UNITS 10 000 tarif rejasi aynan shu 45 000 so‘m evaziga UNITS 11 000 tarif rejasiga aylandi! Foydasi yaqqol namoyon!

O‘QING: «OSON 10» tarifi chiqdi – MB, daqiqa va SMS’lar atigi 10 so‘mdan!

UNITS tarif rejalariga o‘tish *777# USSD-so‘rovi, 9999 raqamiga SMS, Shaxsiy kabinet, MyUZTELECOM mobil ilovasi, shuningdek, savdo ofislari va Call-markaz orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, UNITS – mobil aloqa sohasida tengi yo‘q noyob, innovatsion moslashuvchan tarif rejalari lineykasidir. Shuningdek, Siz o‘zingizning resurslaringizni mustaqil belgilash va ulardan istaganingizcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Tarifni ulashda Siz megabaytlar, daqiqalar yoki SMS sotib olmaysiz!

Siz mobil muloqotingiz uchun universal o‘lchov birligi bo‘lgan yunitlarga ega bo‘lasiz! Real vaqt rejimida daqiqalar, megabaytlar yoki SMS xizmatlaringizni oson boshqarishingiz mumkin. Hisob-kitobi juda oddiy: 1 UNIT = 1 MB = 1 daqiqa = 1 SMS. Eng yoqimlisi – ko‘proq Unit sotib olganingiz sari, har bir Unit narxi arzonlashadi!

UNITS innovatsion tarif rejalari haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali operator saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Tarif ichida cheksiz muloqot, yana 1 GB internet, 750 ta SMS va daqiqa – atigi 15 000 so‘mga!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!