Samsung ekrani 50 foizga cho‘ziluvchi, o‘yinbop noutbuk chiqaradi

  •   DiMaX
  •  507
  •  20.06.2019 10:00

Samsung ekrani 50 foizga cho‘ziluvchi, o‘yinbop noutbuk chiqaradi

Keyingi paytlarda ishlab chiqaruvchilar o‘zgacharoq form-faktorga ega noutbuklar ustida ham ishlay boshlashgan. Jumladan, o‘tgan oyda Lenovo dunyodagi ilk qayishqoq ekranli noutbuk – ThinkPad X1’ni namoyish etgandi.

O‘QING: Eng xavfli noutbukka ham xaridor topildi – u rekord narxda sotildi!

Samsung esa yanada uzoqni ko‘zlagan ko‘rinadi – u ekrani ikki yoniga cho‘ziladigan noutbuk tayyorlamoqda. Kompaniya unga o‘tgan yilning 19 dekabridayoq patent olgan ekan, ammo keng jamoatchilikka bu endigina ma’lum bo‘ldi.

Odatiy holatida bu noutbuk displeyi tomonlari o‘zaro 16:9 nisbatida, biroq uning ekranini ikki yoniga cho‘zib, yana taxminan ellik foizga kattalashtirsa bo‘ladi. Bunda o‘ta keng ekran hosil bo‘ladi va u filmlar tomosha qilish, o‘yinlar o‘ynashga juda qulaydir.

O‘QING: Lenovo tarixdagi eng qudratli protsessorga ega ilk 5G-noutbukni tayyorladi!

Samsung’ning bu laptopi ekrani cho‘zilgan holatida uning tomonlari qanday nisbatda bo‘lishi aniq emas. Manbaga ko‘ra, u 21:9 formatidan ancha katta, biroq 32:9 dan kichikroq bo‘ladi.

Ekran ikki tomonidan metall rom bilan mahkamlangan bo‘lib, yoyilganida uning chetki qismlari bilan birga romlari ham suriladi. Ya’ni, displey yon tomonlaridan shikastlanishdan himoyalangan.

Samsung bu noutbukini qachon taqdim etishi va uning xususiyatlari noma’lum. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli rusumlardagi Asus, Acer, Lenovo, HP va Dell noutbuklarini 2 075 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi o‘zining ilk noutbukini taqdim qildi!