Samsung endi Snapdragon 855 chipli, ammo Galaxy S10e’dan ham arzon flagman chiqaradi!

  •   DiMaX
  •  1671
  •  12.03.2019 15:22

Samsung endi Snapdragon 855 chipli, ammo Galaxy S10e’dan ham arzon flagman chiqaradi!

Smartfon bozoridagi raqobat sababli, Samsung kompaniyasi ham o‘rta va arzon narxli modellarini kuchaytira boshlagan. Yana u shu yilning o‘zida yana bitta arzon flagman taqdim etmoqchi, deb yozadi manbalar.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Qualcomm’ning eng yangi va ilg‘or Snapdragon 855 protsessoriga tayanadigan bo‘lsa-da, Samsung’ning ushbu smartfoni hatto Galaxy S10e modelidan ham arzon bo‘ladi. Uning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot yo‘q, ammo taxminlarga ko‘ra, bu qurilma Galaxy S turkumiga mansub bo‘lmasligi mumkin. ehtimol, gap Samsung Galaxy A90 modeli haqida ketayotgandir.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy A90 smartfonida Samsung nostandart kamera qo‘llamoqda: u nafaqat korpusning yuqori qirrasidan chiqadi, balki orqa-oldga aylanadi ham.

Darvoqe, Samsung bo‘lajak arzon flagmanning tannarxini pasaytirish maqsadida unda AMOLED ekrandan voz kechib, suyuq kristalli displey qo‘llashi mumkin.

Xabaringiz bor – Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli rusumlardagi Samsung smartfonlarini 859 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Galaxy S10’larda allaqachon jiddiy nuqson chiqdi! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!