Samsung Galaxy Note 9: taqdimot oldi yangiliklari va rasmiy suratlari

  •   DiMaX
  •  1828
  •  07.08.2018 17:55

Samsung Galaxy Note 9: taqdimot oldi yangiliklari va rasmiy suratlari

Janubiy koreyalik texnogigantning to‘qqizinchi avlod fableti ikki kundan so‘ng namoyish etiladi. Ammo har doimgidek, taqdimotdan avval uning ko‘plab xususiyatlari, narxi va suratlari internetga chiqib ketdi.

O‘QING: Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 9’ni allaqachon sotuvga chiqardi!

Jumladan, bugun insayderlar jahon «o‘rgimchak to‘ri»ga chiqarib yuborgan rasmiy reklama tasvirlari smartfonning hamda yangi S Pen stilusining bir qator xususiyatlarini oshkor etdi.

O‘QING: Rasmiy video: Galaxy Note 9 naq bir terabaytlik rekord xotiraga ega!

Manbaga ko‘ra, S Pen bir qator funksiyalaridan tashqari, Galaxy Note 9 kamerasini ham masofadan ishga tushira oladi. Ushbu aksessuar bosimning 4096 darajasini farqlay biladi. S Pen tugmachasiga tez-tez ikki marta bosilsa, old va orqa kameraning biridan boshqasiga o‘tkazadi. Stilusni 40 soniyalik quvvatlash uning 30 daqiqalik ishlashiga yetadi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy Note 9 buyurtmachilarga Samsung Smart TV sovg‘a!

Galaxy Note 9 kamerasiga keladigan bo‘lsak, u fotosuratdagi har qanday nuqsonni o‘zi aniqlab, ogohlantira oladi. Masalan, fokusning yo‘qligi, gorizontning aniq ko‘rinmay qolgani va hokazo.

O‘QING: Galaxy Note 9 qimmatlashmaydi, Note 8 bahosida sotiladi

Shuningdek, planshetofon bilan birga namoyish etiladigan Samsung Galaxy Watch «aqlli» soati NFC moduliga ega bo‘lib, ikki xil o‘lchamda – 46 hamda 42 millimetrlik variantlarda chiqariladi. Shu ikkinchisi taxminan Gear Sport o‘lchamida bo‘lib, bitta to‘la quvvat bilan bir haftagacha ishlay oladi.

Galaxy Note 9 gadjetining Buyuk Britaniyadagi narxlari ham aniq bo‘ldi. Fabletning 128 gigabaytlik doimiy xotiraga ega talqini u yerda 900 funt sterlingga baholangan, bu esa taxminan 1167 AQSh dollariga teng keladi. Yanada «bag‘rikeng» – 512 gigabaytlik ichki xotiraga ega Galaxy Note 9 uchun esa koreyalik texnogigant 1100 funt sterling (taxminan 1426 dollar) so‘raydi. Bu narxlar bulturgi planshetofon – Note 8 bilan solishtirganda, oradagi farq 30 funt sterlingga tengligi aniqlangan.

O‘QING: Galaxy Note 9'ning jahon bozorlaridagi narxi -- dahshat!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!