Samsung Galaxy X: egiluvchan smartfonning ilk tasvirlari

  •   Saroy
  •  2158
  •  17.08.2018 11:46

Samsung Galaxy X: egiluvchan smartfonning ilk tasvirlari

Samsung o‘zining ilk taxlama smartfoni ustida ish olib borayotgani haqida anchadan buyon gap-so‘z yuradi. So‘nggi mish-mishlarga qaraganda, qurilma 2019 yil yanvarda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida namoyish etiladi. Mana nihoyat, tarmoqlarda qurilmaning ilk suratlari paydo bo‘ldi.  Suratlar Samsung'ning patent arizalari asosida olingan.

O‘QING:Galaxy S7 va S7 Edge flagmanlarida ekran aniqligini kamaytirish mumkin bo‘ldi

Bundan avval taxmin qilinishicha, smartfon Galaxy X degan nomni olishi kerak edi, biroq, so‘nggi xabarlarga qaraganda, qurilma Galaxy F («foldable» —  taxlama) nomini olishi mumkin. Ko‘rinishiga qaraganda, apparatni hatto yopiq holatda bo‘lganda ham oxirigacha buklab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ekranlarning biri boshqasini to‘liq yopmaydi. Demak, pastda unchalik katta bo‘lmagan, bildirgilarni ko‘rsatib turadigan yoki multimedia boshqaruvi tugmachalarini aks ettiradigan joy qoldirilgan.

O‘QING:2016 yilning eng ko‘p sotilgan smartfoni ma’lum bo‘ldi

Render mualliflari barmoq izlari  skanerini qurilmaning orqa paneliga joylashtirgan. Biroq, chamasi, Samsung uni displey tagiga o‘rnatadi. Qurilma to‘rtta kameraga ega bo‘ladi: ikkitasi old tarafda, ikkitasi orqasida.

O‘QING:Selfi-kameralar “jangi”: Galaxy S8 S7, iPhone 7, LG G6’ga qarshi

Mish-mishlarga qaraganda, ochilgan holatda  Galaxy F 7-dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Ekranning tomonlar nisbati 21: 9 va formati  1440x3360 pikselli, batareykasining sig‘imi 3000 dan 6000 mAch’ gacha. Qurilmaning narxi ham yangi texnologiyali qurilmaga mos –  1850 dollar.

O‘QING:OnePlus 5, Mi6, iPhone 7+, Galaxy S8: flagmanlarga xos 6 jihatni taqqoslaymiz

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!