Samsung hamyonbop va «beli baquvvat» Galaxy Tab A 8.4 planshetini chiqardi

  •   DiMaX
  •  1142
  •  26.03.2020 12:23

Samsung hamyonbop va «beli baquvvat» Galaxy Tab A 8.4 planshetini chiqardi

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy Tab A 8.4 rusumli planshetini rasman namoyish etdi. Uning tashqi ko‘rinishi kompaniyaning flagman plansheti – Galaxy Tab S6 modeliga o‘xshash, lekin xususiyatlari farqli.

O‘QING: Ilk lidarli planshet – iPad Pro 2020 taqdim etildi!

Nomidan ham anglashilib turganidek, Samsung ushbu planshetini 8,4 dyuymlik ekran bilan ta’minlagan. LCD-matritsali displeyning tasvir aniqligi Full HD formatida.

Galaxy Tab A 8.4 ishlashi uchun Exynos 7904 protsessori javobgar; mazkur chipset ikkita samarador Cortex-A73 hamda oltita tejamkor Cortex-A53 yadrolarini o‘zida jamlagan. Aytib o‘tish kerakki, kompaniya hamyonbop Galaxy A30s smartfonida ham ayni shu protsessorni qo‘llagan.

O‘QING: 128 GB xotirali Galaxy A30s smartfonini hattoki uning 64 GBligidan ham arzonga olish mumkin!

Yangi planshetning tezkor xotirasi atigi 3 gigabaytlik bo‘lib, ichki xotirasi ham katta emas – 32 gigabayt hajmga ega; lekin unga MicroSD formatli xotira kartasi qo‘ysa bo‘ladi. Galaxy Tab A 8.4 akkumulyatori esa anchagina baquvvat – 5000 mA/soatlik.

Galaxy Tab A 8.4 ikkita kamera bilan ta’minlangan – 8 megapiksellik asosiy va 5 megapiksellik old kameralar. Unda SIM-karta uyachasi ham mavjud – 4G standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, planshet korpusida quloqchin tirqishi ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Nega shifokorlarga Putinni suratga olgan smartfonni yo‘q qilish buyurildi? (+video)

Samsung negadir bu planshetini nisbatan eski – Android 9 Pie operatsion tizimi bilan chiqargan. Buning ustiga, uning Android 10 talqinigacha yangilanishi ham noma’lum.

Galaxy Tab A 8.4 allaqachon 280 dollarlik narx bilan AQShda sotila boshlagan. Uning boshqa mamlakatlar bozorlariga ham rasman taqdim etilishi borasida hozircha biror ma’lumot yo‘q.

O‘QING: CES 2020: Dunyodagi ilk haqiqiy buklama planshetni xitoyliklar namoyish etishdi