Samsung ikkita arzon va «beli baquvvat» smartfonini kuchaytirib chiqardi

  •   DiMaX
  •  2334
  •  15.04.2020 17:54

Samsung ikkita arzon va «beli baquvvat» smartfonini kuchaytirib chiqardi

Samsung yaqinda o‘rta narxli ikkita smartfonini 5G-modemli versiyada, yana bittasini esa global bozor uchun o‘zgacha dizaynda chiqargan edi. Endi esa u arzon Galaxy M turkumining ikkita vakilini Rossiya bozori uchun boshqacha talqinda namoyish qildi.

O‘QING: Samsung rosa maqtagan arzon smartfon «g‘isht»ga aylanib qolyapti!

Yodingizda bo‘lsa kerak – Samsung Electronics o‘tgan oyda «Vattomonstr» laqabli Galaxy M21 smartfonini Hindistonda taqdim etgan edi. Ushbu modelning Rossiya bozori uchun chiqarilgan versiyasi kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi NFC chipiga ega.

Rossiyaliklar allaqachon Galaxy M21 smartfonini qora, ko‘k va feruza rangli korpuslarda sotib olishlari mumkin. Uning tavsiya etilgan narxi 15 990 rubl bo‘lib, bu taxminan 215 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Samsung o‘tgan oyning oxirida mazkur turkumning yana bir vakili – Galaxy M11 smartfonini ham namoyish qilgan. Kompaniya uni ham Rossiyada faqat bitta o‘zgarish bilan – NFC moduli qo‘shilgan versiyada qaytadan taqdim etdi.

Galaxy M11 sotuvga 20 apreldan, qora, binafsha rang va feruza rangli korpuslarda chiqadi. Uning tavsiya qilingan bahosi 10 990 rublga, ya’ni taxminan 148 dollarga teng.

Yuqoridagi ikkala smartfon ham, NFC chipini aytmasa, o‘zlarining Hindiston versiyalaridan farq qilmaydi. Samsung ularning avtonom ishlash vaqti yuqoriligiga, ya’ni akkumulyator quvvati ko‘p vaqtga yetishiga urg‘u bermoqda.

O‘QING: TeraTaqqos: Redmi Note 8 hamda Galaxy A20s smartfonlarini ochib, ishlatib ko‘ramiz