Samsung maksimal darajada, hatto Galaxy M10’dan ham arzon smartfon tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  3241
  •  13.02.2019 12:52

Samsung maksimal darajada, hatto Galaxy M10’dan ham arzon smartfon tayyorladi!

Arzonchi smartfonsozlar bilan raqobatlashish uchun Samsung yangi – Galaxy M turkumini joriy etgan. Ulardan ikkitasi taqdim etilib, sotuvga ham chiqdi, ammo raqiblaridan biri ularni masxaralab ham ulgurdi.

O‘QING: Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

Nima bo‘lganda ham, janubiy koreyalik gigant xitoyliklar bilan bellashishga jiddiy bel bog‘lagan ko‘rinadi. Zero, Geekbench servisida kodli nomi Samsung SM-A260F bo‘lgan yangi smartfon tekshirib ko‘rilgani aniqlandi. Texnik xususiyatlari hatto hamyonbop modellarnikidan ham pastligiga qaraganda, bu o‘ta arzon smartfon bo‘ladi.

Benchmark bazasida qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu gadjet Samsung Exynos 7870 protsessoriga va atigi 1 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Android 8.1 Oreo tizim talqini boshqaruvi ostida ishlovchi mazkur devays yakka yadroli testda atigi 726 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 2984 ball olgan.

Apparat ta’minoti quyi ko‘rsatkichlarga ega ekanidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Samsung ushbu smartfonini Android Go dasturi doirasida taqdim etadi. Shuningdek, uning narxi ham 100 dollardan oshmasa kerak, biroq qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Allaqachon global bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!