Samsung’ning 5G-modeli va Galaxy F buklama smartfoni ilk rasmiy reklama videosida!

  •   DiMaX
  •  1069
  •  01.02.2019 12:23

Samsung’ning 5G-modeli va Galaxy F buklama smartfoni ilk rasmiy reklama videosida!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy F yoki Galaxy Fold nomli buklanuvchi qurilmasini 2018 yil noyabrdagi maxsus tadbirda ko‘rsatgan edi. Uning tannarxini Galaxy S9+ hamda iPhone XS Max’niki bilan solishtirishganidan ham xabaringiz bor.

O‘QING: 150 dollarlik Redmi Note 7 qaysi reytingda 1800 dollarlik Galaxy Fold buklama smartfonidan ustun keldi?

Ammo Samsung hozirgacha mazkur inqilobiy smartfonining to‘laqonli taqdimotini o‘tkazgani yo‘q. Biroq taniqli insayder Ishan Agarwal o‘zining Twitter-akkaunti orqali ushbu kompaniyaning rasmiy reklama videosini e’lon qildi.

Ushbu reklamada nafaqat Galaxy F (yoki Galaxy Fold) modeli, balki biryo‘la Samsung’ning bir nechta yangi ishlanmalari ko‘rsatilgan. Jumladan, bu rolik beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfon, to‘ldirilgan reallik texnologiyasi hamda yangi kamera kabilarga bag‘ishlangan.

O‘QING: Galaxy F buklama smartfoni taqdimot sanasini Samsung rasman, ammo antiqa tarzda e’lon qildi!

Ushbu post tez orada tarmoqdan o‘chirilgan bo‘lsa-da, uni ko‘chirib olgan foydalanuvchilar internetda tarqatib yuborishgan. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Aftidan, Samsung ushbu reklama videoroligini MWC 2019 doirasidagi taqdimotida namoyish etishni mo‘ljallagan.

O‘QING: Nihoyat, Samsung eng arzon Galaxy M10 va M20 smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!