Samsung rasmiy reklama roliklarida Galaxy S10’larning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib berdi!

  •   DiMaX
  •  1731
  •  13.02.2019 08:45

Samsung rasmiy reklama roliklarida Galaxy S10’larning asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib berdi!

Samsung kompaniyasining Galaxy S10 turkumi flagmanlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga egamiz, ammo ular norasmiy edi. Kecha esa ushbu smartfonlarning muhim jihatlarini aks ettiruvchi rasmiy reklama roliklari tarqaldi.

O‘QING: Galaxy S10 xaridorlariga – hali taqdim etilmagan Galaxy Buds simsiz quloqchini sovg‘a!

Birinchi videolavhada Samsung Galaxy S10 hamda S10+ modellarining romsiz ekraniga joriy etilgan ultratovushli barmoq izi skaneri ko‘rsatilgan. Yaqinlargacha Galaxy S10 Lite yoki Galaxy S10 E deb nomlanishi aytilayotgan – Galaxy S10e rusumli «kenja» smartfonda esa daktiloskopik datchik korpusning yon qirrasida bo‘ladi.

Ikkinchi videorolik esa Galaxy S10 portativ akkumulyator rolini bajarishi aks ettirilgan. Bu flagmanlar Reverse Charging texnologiyasiga ega: ular Qi standartini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni, jumladan, iPhone’larni (hatto original Apple quvvatlagichidan ham tezroq!) va turli aksessuarlarni simsiz usulda zaryadlay oladi:

Samsung’ning uchinchi rasmiy roligi esa smartfonning ekranidagi «teshik»da joylashgan kameraga bag‘ishlangan: u tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga ega va 4K sifatida suratga ola biladi:

Bulardan tashqari, mashhur insayder Evan Blass (Evan Blass) kecha Galaxy S10+ modelining rasmiy reklama posterini ham tarqatgan. Unda qo‘shaloq old kamera, 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi, USB Type-S porti va dinamik yaqqol ko‘rinib turibdi:

Galaxy S10 turkumi flagmanlari 20 fevralda taqdim etiladi, allaqachon bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.