Samsung taqdim etib ulgurmagan eng arzon 5G-smartfon allaqachon narxi bilan do‘konga chiqdi

  •   DiMaX
  •  976
  •  27.05.2021 10:39

Samsung taqdim etib ulgurmagan eng arzon 5G-smartfon allaqachon narxi bilan do‘konga chiqdi

Hozir beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon Samsung telefoni Galaxy A32 5G bo‘lib turibdi. Lekin kompaniya Galaxy A22 (yoki Galaxy A22 5G) rusumli smartfonni, shuningdek uning Galaxy A22 4G versiyasini ham tayyorlamoqda.

O‘QING: Galaxy A22 5G hamda Galaxy A22 4G suratlari va xususiyatlari chiqdi

Hali rasmiy namoyishi o‘tkazilmay turib, Samsung Galaxy A22 5G qurilmasining narxi ma’lum bo‘ldi. Bu ma’lumotni Yevropadagi onlayn do‘konlardan biri «sotib» qo‘ygan.

Skrinshotga ko‘ra, Yevropa hududida ushbu smartfon narxi QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) inobatga olinmagan holda 185 yevrodan boshlanadi. Ushbu soliq turli mamlakatlarda har xil bo‘lgani bois, yevropaliklar Galaxy A22 5G modelini 199 yevrodan boshlanuvchi yakuniy narxda olishlari mumkin bo‘ladi.

Hozircha esa Yevropa bozoriga Samsung taqdim etgan eng arzon 5G-smartfon Galaxy A32 5G modeli bo‘ladi. Kompaniya uni dastlab 279 yevroga baholagan bo‘lsa, hozir narxini 238 yevrogacha tushirgan. Bundan tashqari...

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!