Samsung taqdim etib ulgurmagan Galaxy A52s do‘konga chiqdi – narxlari va asosiy jihatlari aniq!
Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy A52 modeli shu yilning mart oyida taqdim etilgan bo‘lib, hozirgacha eng ommabop smartfonlar reytinglaridan tushmay kelayotir. Samsung endi uning s-versiyasi – Galaxy A52s qurilmasini tayyorlagan.
O‘QING: Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, Galaxy A52s diagonaliga 6,5-dyuymlik, tasvir uzatish aniqligi Full HD+ formatidagi AMOLED-displeyga ega. Samsung uni asosiy sensori 64 megapiksellik bosh kamera hamda 32 megapiksellik selfi sensori bilan jihozlamoqda. Tok sig‘imi 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa 25 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvatlanadi.
Qizig‘i shundaki, rasmiy namoyishini kutib ham o‘tirmasdan, Yevropadagi reteylerlardan biri allaqachon o‘zining onlayn do‘konida Samsung Galaxy A52s sahifasini ochdi. U yerdan hali rasman taqdim etilmagan ushbu modelning korpus ranglarini hamda xotira konfiguratsiyalarini hamda har birining narxini ko‘rib olish mumkin:
Bundan tashqari, Galaxy A52s yaqindagina Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga ko‘ra, bu smartfon Snapdragon 778G protsessori hamda 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlangan.
Samsung Galaxy A52s rasmiy taqdimot sanasi hozircha aniq emas.
O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)