Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  3973
  •  09.01.2020 09:33

Samsung yangi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon taqdim etdi

Janubiy koreyalik texnogigant Consumer Electronic Show 2020 (CES 2020) ko‘rgazmasida o‘zining kuchli himoyali yangi smartfoni anonsini berdi. Samsung Galaxy Xcover Pro nomli ushbu gadjet ekstremal sharoitlarda uzoq muddatli ishlatishga mo‘ljallangan.

O‘QING: Birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfon eng kuchli protsessorga ham ega!

Kuchli muhofazalangan boshqa smartfonlar kabi, Samsung Galaxy Xcover Pro modeli ham AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga mos keladi. Ya’ni u zarbaga chidamli, qattiq yuzaga tushib ketishidan cho‘chimasa ham bo‘ladi. Bundan tashqari, mazkur qurilma IP68 standartiga ko‘ra suv va changdan ham himoyalangan.

Samsung Galaxy Xcover Pro diagonaliga 6,3 dyuymlik Infinity-O ekran bilan jihozlangan. Displeyining tasvir aniqligi 2400x1080 piksellik, tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatda.

Ekranning yuqori chap burchagidagi tirqishda 13 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan. Smartfonning bosh kamerasi esa qo‘shaloq – 25 va 8 megapiksellik sensorlarni o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Samsung tan oldi: uning BARChA smartfon va planshetlarida josuslik dasturi bor ekan!

«O‘ldirib bo‘lmas» telefon Samsung’ning o‘z ishlanmasi – Exynos 9611 protsessori bazasiga qurilgan. Kompaniya uni 4 GB tezkor hamda 64 GB ichki xotira bilan ta’minlagan. Hozirgi aksariyat smartfonlardan farqli ravishda, unda korpusdan olinadigan, tok sig‘imi 4050 mA/soatlik akkumulyator qo‘llangan.

Galaxy Xcover Pro hozircha eng so‘nggi emas, balki Android 9.0 Pie talqinidagi operatsion tizimi asosidagi One UI grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Biroq Samsung uni savdoga chiqqach, Android 10 talqiniga yangilashga va’da bermoqda.

Samsung bu mahsulotini 31 yanvardan sotuvga chiqaradi va unga 499 dollar narx qo‘ygan. Galaxy Xcover Pro dastlab Finlyandiya, fevraldan esa boshqa Yevropa mamlakatlar bozorlarida paydo bo‘ladi.

O‘QING: Mana, «Oxirzamon kompyuteri» ham tayyor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!