Samsung’ning bu arzon smartfoni kamera testida hatto Redmi Note 7 Pro’ni ham «changida qoldirdi»!

  •   DiMaX
  •  3425
  •  30.09.2019 07:43

Samsung’ning bu arzon smartfoni kamera testida hatto Redmi Note 7 Pro’ni ham «changida qoldirdi»!

Janubiy koreyalik texnogigant yaqinda Galaxy M30s rusumli modelini namoyish etgan edi. Samarador protsessori, ulkan akkumulyatori, AMOLED ekrani hamda tezkor quvvatlanishi tufayli uni arzon va o‘rta narxli smartfonlar orasida optimal yechim, deyish mumkin.

O‘QING: Galaxy A70s taqdim etildi – Redmi Note 8 Pro modeliga Samsung’ning javobi!

91mobiles nashri esa ushbu devaysning yana bir kuchli jihatini aniqladi: Samsung Galaxy M30s, Redmi Note 7 Pro hamda Realme 5 Pro smartfonlarida olingan suratlarni (qay birida olinganini aytmasdan) ovozga qo‘ydi va test natijalarini e’lon qildi.  Aytish kerakki, ushbu modellarning uchalasida ham bosh kameraning asosiy moduli 48 megapiksellik datchikdir.

Buni qarangki, 35 mingdan ortiq foydalanuvchi xolis baho bergan testda janubiy koreyaliklarning smartfoni beshta sinovdan to‘rttasida birinchilikni qo‘lga kiritdi! Tag‘in, bulardan uchtasida u raqiblarini katta hisob bilan ortda qoldirgan!

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy M30s smartfoni 29 sentyabrdan, faqat Hindistonda sotuvga chiqqan. Uning tezkor/ichki xotirasi 4/64 gigabaytligi 195 dollardan, 6/128 gigabaytligi esa 240 dollardan sotiladi. Realme 5 Pro O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelmagan, Redmi Note 7 Pro modelining naq 6/128 gigabaytlik variantini esa 2 120 000 so‘m evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy A20s taqdim etildi – xususiyatlari bilan batafsil tanishing!