Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

  •   DiMaX
  •  3267
  •  28.08.2019 12:16

Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

Janubiy Koreyalik texnogigant yaqinda Samsung Galaxy A30s hamda Galaxy A50s modellarini namoyish etgan edi. Endi esa u yana ikkita – Galaxy A70s va Galaxy M30s smartfonlarini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: Samsung yana Galaxy Fold uchun buyurtma ola boshladi!

Mart oyida taqdim qilingan «oddiy» Galaxy A70 (sotib olish) smartfoni uch modulli kamerasi hamda katta ekranga integratsiya qilingan daktiloskopik datchigi bilan Galaxy S10 (xarid qilish) flagmaniga yaqin kelib qolgan. Uning yangilangan versiyasi – Galaxy A70s esa esa yanada yaxshi bo‘ladi; zero, ushbu model kompaniyaning 64 megapiksellik kamera datchigiga ega birinchi smartfonidir.

Galaxy A70s qurilmasi Snapdragon 675 yoki yangi Snapdragon 730 protsessori bazasida ishlashi hozircha aniq emas, akkumulyatori esa 4500 mA/soatlik bo‘ladi. Kuni kecha Wi-Fi Alliance sertifikatsiyasidan o‘tkazilganiga qaraganda, uning namoyish sanasi yaqin.

O‘QING: Drop-test videosi: Samsung Galaxy Note 10+ hamda iPhone XS Max’ni yerga tashlab ko‘ramiz!

Shu yilning fevral oyida taqdim etilgan Galaxy M30 modeli esa «beli baquvvat», ya’ni 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega eng arzon Samsung smartfonidir. Uning yangilangan versiyasi – Samsung Galaxy M30s esa undan ham zo‘r – naq 6000 mA/soatlik batareya bilan ta’minlanyapti!

Shuningdek, uning tashqi ko‘rinishi ham kuchli o‘zgargan – bosh kamera modullari to‘rtburchak blokda joylashgan. Uning asosiy moduli 48 megapiksellik Samsung ISOCELL Bright GM1 bo‘lib, qolgan optik datchiklar xususiyatlari hozircha noma’lum.

Galaxy M30s old kamerasi ekran kemtigiga joylanadi, barmoq izi skaneri esa orqa panelga. Uning «elektron yuragi» esa Galaxy A50 (sotib olish) modelida qo‘llangan Exynos 9610 protsessoridir.

Galaxy A70s narxi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, Galaxy M30s esa taxminan 200 AQSh dollari atrofida baholanishini aytishmoqda. Terashop.uz onlayn do‘konimizda esa turli rusumlardagi Samsung telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Ogoh bo‘ling! iPhone 7 va Galaxy S8 sog‘lik uchun xatarli bo‘lishi mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!