ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

  •   DiMaX
  •  4357
  •  18.01.2021 12:10

ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Tesla elektromobillarining o‘ziga xosliklaridan biri – kompaniyaning o‘zi ishlab chiqqan avtopilot tizimidir. U inson boshqaruvisiz ham mashinani haydashga qodir (video), bunda tizim atrofdagi turli to‘siqlarni va ob’yektlarni aniqlab, ularni aylanib o‘ta oladi.

O‘QING: Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!

Tesla avtopiloti shu qadar mukammal ekanki, hatto inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan ob’yektlarni ham aniqlay olar ekan. Kuni kecha yuz bergan g‘alati voqea buning isbotidir.

Tesla Model Y elektrik krossoverini haydab ketayotgan kishi qabriston yonidan o‘tayotganida, avtopilot tizimi birdaniga mashinani to‘xtatib, oldinda odam borligini ekranda ko‘rsatgan. Haydovchi hayron qolgan – chunki yaqin orada birorta tirik jon yo‘q edi-da! Ekranda aks etgan sharpa tag‘in bir necha marta paydo bo‘lgan va keyin ortiga burilib ketgan.

Mana, o‘sha jarayondan haydovchining o‘zi smartfonida olgan videotasvirni tomosha qilamiz:

Haydovchining ko‘ziga ko‘rinmagan «odam» ketganidan so‘ng avtopilot tizimi avtomobilni blokdan chiqargan va yurishda davom etgan. O‘takasi yorilgan haydovchi esa shu zahotiyoq tezlikni oshirib, bu yerni tark etgan.

Videolavha internetga chiqqach, turlicha talqinlar bo‘lgan – ayrimlar buni arvoh desa, qolganlar tizim xatoligiga yo‘yishgan. Ba’zi yuzerlar esa ushbu haydovchidan yana bir bor o‘sha yerdan o‘tib ko‘rishni so‘rashgan. Ammo Tesla Model Y egasi qattiq qo‘rqqani uchun ikkinchi marta u yerdan o‘tmaslikka qaror qilgan.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!