Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2081
  •  18.09.2019 15:17

Shoshqaloqlar uchun maxsus: Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 10 chiqdi!

Google kompaniyasi Android 10 operatsion tizim talqinini namoyish etgan, rasman ungacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati ham ma’lum. Biroq qiziquvchan dasturchilar turli smartfonlar uchun unga asoslangan norasmiy proshivkalarni tayyorlab tarqatishmoqda.

O‘QING: Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Ochiq kod loyihasi – Android Open Source Project (AOSP) doirasida allaqachon bir qator smartfonlar uchun o‘ninchi avlod operatsion tizim bazasidagi LineageOS proshivkalari tayyorlangan. Ular safiga endi «Xitoycha Apple»ning yana to‘rtta rusumdagi qurilmasi qo‘shildi.

Qizig‘i shundaki, bu galgi smartfonlar orasida Xiaomi’ning ancha eski modellari – 2013 yilgi Mi 3, undan keyingi yili chiqqan Mi 4 hamda Mi 4 LTE ham mavjud. Ushbu uchta rusumlardagi smartfonlar egalari Android 10 bazasidagi LineageOS proshivkalarini yuklab olish uchun mana bu havola orqali o‘tishlari mumkin.

Android 10 asosidagi norasmiy proshivka yangi ishlab chiqilgan to‘rtinchi model esa «yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 smartfoni (sotib olish) bo‘lib, mazkur qurilma uchun dasturiy ta’minot sahifasiga ushbu havola yordamida o‘tiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur proshivkalar norasmiy bo‘lgani uchun, ularning ishlashida xatoliklar uchrab turadi. Tag‘in, ular «qo‘lda» o‘rnatiladi va bu ishni faqat tajribali ustalarga ishongan ma’qul.

O‘QING: Xiaomi Mi 9 Lite rasman taqdim etildi – kutilganidan arzon, lekin...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!