Sony orziqib kutilgan PlayStation 5’ni va kutilmaganda yana bir o‘yin konsolini taqdim qildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1357
  •  12.06.2020 10:08

Sony orziqib kutilgan PlayStation 5’ni va kutilmaganda yana bir o‘yin konsolini taqdim qildi! (+video)

Sony kompaniyasi dastlab PlayStation 5 o‘yin pristavkasining taqdimot kunini rasman e’lon qilgan edi. Keyinroq esa mazkur onlayn tadbir ham qoldirilgandi, lekin 12 iyunga o‘tar tunda u namoyish etildi!

O‘QING: PlayStation 5’ga chiqadigan barcha 38 ta o‘yin rasmiy ro‘yxatda!

PlayStation 5 o‘yin pristavkasi shu paytgacha dizaynerlar bir necha variantlarda ko‘rsatgan renderlarning birortasiga ham o‘xshamaydigan bo‘lib chiqdi! Konsolning dasturchilarga mo‘ljallangan jamlanmasiga-ku yaqin ham kelmaydi.

Yaxshisi, uni quyidagi rasmiy videoda batafsil tomosha qilamiz:

Eng qizig‘i, Sony yangi avlod PlayStation 5 o‘yin pristavkasidan tashqari, kutilmaganda PlayStation 5 Digital Edition versiyasini ham taqdim etdi. Bu – konsolning disk talab etilmaydigan, o‘yinlarni faqat raqamli formatda qabul qiladigan variantidir.

Afsuski, kompaniya hozircha mazkur gadjetlarining narxlarini aytmagan. Agarda standart PlayStation 5 narxi Microsoft korporatsiyasi o‘tgan yilning oxirida taqdim etgan yangi avlod Xbox Series X konsoliniki bilan teng, PS5 Digital Edition esa undan 50–100 dollarga arzonroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!