Speedtest internet tezligi reytingida O‘zbekiston 4 pog‘onaga yuqoriladi!

  •   DiMaX
  •  1358
  •  19.02.2020 16:27

Speedtest internet tezligi reytingida O‘zbekiston 4 pog‘onaga yuqoriladi!

Speedtest Global Index mobil va simli aloqa internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana to‘rt pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu xususda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda internet 34 foizga arzonlashib, tezligi ham oshirildi

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yilning yanvar oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Internet tezligi bo‘yicha umumiy reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 104-pog‘onani egallab to‘ribdi va o‘tgan yili yanvar holatiga nisbatan 15 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi! Yanvar holatiga ko‘ra, biz bir qator davlatlardan oldindamiz – Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin), Turkmaniston (176-o‘rin).

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi – 10,89 Mbit/coniyadan (2019 yil yanvar holatiga) 25,75 Mbit/coniyagacha (2020 yil yanvar holatiga).

Mobil internet tezligini oshirishda ham O‘zbekiston bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 132-o‘rinni egallab, 2019 yil dekabrdagi holatidan ikkita pozitsiyaga, yil yakuni bo‘yicha esa beshta pozitsiyaga ko‘tarildi.

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Ma’lumot uchun, Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlab e’lon qiladi.

Irlandiyaning Ookla kompaniyasi internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi hisoblanadi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Hozirgi holatiga ko‘ra umumjahon foydalanuvchilari tomonidan Speedtest portalida 27,3 milliardan ortiq testlar o‘tkazilgan.

O‘QING: «O‘zbektelekom» mobil aloqa va internetni misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tardi!