Star Wars ishqibozlari uchun Samsung kosmik narxda maxsus flagman jamlanmasini taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1027
  •  19.11.2019 10:25

Star Wars ishqibozlari uchun Samsung kosmik narxda maxsus flagman jamlanmasini taqdim etdi!

Samsung Electronics shu yilning avgustida Galaxy Note 10 turkumidagi fabletlarini taqdim etgan edi. Terashop.uz onlayn do‘konimizda uning standart versiyasini sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy 10 yoshda. Kompaniya "Galaxy yubileyi premium paketi"ni taklif qilmoqda

Star Wars kinoepopeyasining yakuniy qismi premerasi arafasida kompaniya Galaxy Note 10+ planshetofonining yangi – «Yulduzlar jangi» dizaynli maxsus versiyasini chiqardi. Samsung Galaxy Note 10+ Star Wars jamlanmasiga brendli qurilmaning o‘zi va aksessuarlar kiradi: Galaxy Note 10+, g‘ilof, metall znachok, S Pen stilusi hamda Galaxy Buds simsiz quloqchini.

Bulardan tashqari, Galaxy Note 10+ Star Wars xaridorlariga eksklyuziv kontent, shu jumladan smartfon oboylari, animatsiyalar, belgichalar va ovozlar ham taqdim etiladi.

O‘QING: Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!

Samsung Galaxy Note 10+ Star Wars cheklangan partiyada ishlab chiqariladi va dekabrdan sotuvga qo‘yiladi; AQShda uning uchun xuddi filmning o‘zidek fazoviy darajada – 1299,99 dollar narx belgilangan. Mazkur smartfon yana Ispaniya, Norvegiya, Daniya, Finlyandiya, Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Aytish kerakki, turli mashhur filmlarga bag‘ishlab ommabop gadjetlarning maxsus versiyalarini taqdim etish ishlab chiqaruvchilar orasida an’anaga aylangan. Masalan, avvalroq «Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqqan va uni siz ham tekinga olishingiz mumkin. Xiaomi esa eng ommabop Redmi Note 8 Pro smartfonining (sotib olish) Terminator talqinini chiqarib, yanada arzon sota boshlagan.

O‘QING: Xiaomi: «Samsung’dan biz 44 foizga oldinmiz!»

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!