Taniqli kompaniyaning 12 xil smartfonini naq 500 dollargacha chegirma bilan olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2289
  •  20.08.2020 11:05

Taniqli kompaniyaning 12 xil smartfonini naq 500 dollargacha chegirma bilan olish mumkin!

Motorola kompaniyasi yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlab yangi aksiya e’lon qildi. Uning doirasida mazkur brendning bir qator smartfonlarini avgustning so‘ngigacha chegirmalar bilan olish mumkin.

O‘QING: Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!

Lenovo kompaniyaga qarashli ushbu brend o‘zining birinchi buklamafoni – RAZR modelini 2019 yilning noyabrida taqdim qilgan. Uning narxi 1500 dollar bo‘lsa-da, smartfon xaridida yana bittasini bepul berish, shuningdek, 500 dollarlik chegirma kabi aksiyalar o‘tkazilgan.

Yangi aksiyada ham eng katta, ya’ni 500 dollarlik chegirma ayni mana shu Motorola Razr 2019 flagmani uchun belgilangan. Buning yana bitta sababi bor – kompaniya 9 sentyabrda Motorola Razr 2 rusumli yangi buklamafonini taqdim etadi.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (33-hafta)

Aksiya doirasida yana quyidagi telefonlarni chegirma bilan olish mumkin:

  1. Motorola Moto G Fast — 170 dollar (asl narxi – 200 dollar)
  2. Motorola One Action — 200 dollar (asl narxi – 350 dollar)
  3. Motorola Edge+ – 800 dollar (200 dollarlik chegirma)
  4. Motorola Moto G Power — 223 dollar (20 dollarlik chegirma)
  5. Motorola Moto G Stylus — 270 dollar (30 dollarlik chegirma)
  6. Motorola One Hyper — 300 dollar (100 dollarlik chegirma)
  7. Motorola G7 Play — 130 dollar (asl narxi – 200 dollar)
  8. Motorola Moto E6 — 100 dollar (50 dollarlik chegirma)
  9. Motorola One Zoom — 320 dollar (asl narxi – 450 dollar)
  10. Motorola G7 Power — 180 dollar (70 dollarlik chegirma)
  11. Motorola Moto G6 — 32 GBligi 130 dollar; 64 GBligi 170 dollar.

Yuqoridagi narxlar faqat AQShda, joriy oyning oxirigacha amal qiladi.

O‘QING: Amerikaliklar eng ko‘p qaysi smartfonlarni xarid qilishyapti?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!