Taqdimotidan avval Redmi Note 10S «kushandasi»ni anboksing videosida to‘liq ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  485
  •  10.05.2021 15:03

Taqdimotidan avval Redmi Note 10S «kushandasi»ni anboksing videosida to‘liq ko‘ramiz!

Yaqindagina biz Xiaomi kompaniyasi Hindiston bozoriga Redmi Note 10S smartfonini taqdim etayotgani haqida yozgan edik. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha tadbirning o‘zida Redmi brendi navbatdagi aqlli soatini ham namoyish qilar ekan.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Bu orada esa uning asosiy raqobatchisi – Oppo komrporatsiyasining arzonchi Realme subbrendi aynan shu Redmi Note 10S bilan bellashadigan yana bir smartfonini tayyorlabdi. Realme Narzo 30 nomli mazkur qurilma haqida ishlab chiqaruvchining o‘zi hozircha ma’lumot bermagan, ammo gadjet allaqachon taqdimotga tayyor.

Ushbu yangi smartfonlardan birini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan malayziyalik bloger Marc Yeo Tech Review allaqachon Realme Narzo 30 modelining anboksing videosini e’lon qildi:

Shunday qilib, Realme Narzo 30 telefonida ham, xuddi Redmi Note 10S smartfonidagi singari, MediaTek Helio G95 protsessori qo‘llangan. Uning ekrani IPS-panelli va diagonaliga 6.5 dyuymlik o‘lchamga ega. FHD+ formatida tasvir uzata oluvchi displeyda kadr yangilanish chastotasi 90 gersga teng. Telefonning bosh kamerasi 48 + 2 + 2 MPlik, selfi sensori esa 16 MPlik aniqlikdadir.

Realme Narzo 30 korpusida ikkita SIM-karta va microSD-karta uchun uyacha, yon qirrasida barmoq izi skaneri mavjud. Smartfonning akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali 30 vattlik usulda tezkor quvvatlana oladi. Kompaniya uni qadoqdanoq Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan Realme UI 2.0 grafik qobig‘i bilan taklif etadi.

Yangi smartfonning namoyishi yaqin kunlar ichida bo‘lib o‘tishi va uni bozorga taxminan 200-250 dollarga teng narxda chiqarishlari kutilayotir.

O‘QING: Yevropaliklar eng ko‘p qaysi brendlar smartfonlarini olishyapti?