Telegram 7.1 chiqdi: siz kutgan va kutmagan imkoniyatlar!

  •   DiMaX
  •  4981
  •  01.10.2020 21:48

Telegram 7.1 chiqdi: siz kutgan va kutmagan imkoniyatlar!

Ko‘pchiligimiz foydalanadigan Telegram ilovasi kuni kecha yangilanib, bir qator imkoniyatlar bilan boyitildi. Messenjer jamoasining bu haqdagi rasmiy maqolasining o‘zbek tilidagi talqinini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

O‘QING: Telegram’dagi taqiq, cheklov va chegaralar

Bugungi yangilanishda yozishmalarda tezkor qidirish uchun qidiruv filtri, shuningdek, guruhni anonim boshqarish imkoniyati, kanallardagi postlarga fikr bildirish va boshqa ko‘plab funksiyalar qo‘shildi.

Qidiruv filtrlari

Endi yangi varaqlar yordamida qidiruv natijalarini turi asosida qidirishingiz mumkin: Mediafayllar, Havolalar, Fayllar va boshqalar. Foydalanuvchi, guruh, kanal yoki bot nomi yozilganida manba asosida filtr qo‘shiladi.

2020 yildan suratlar reklama qilinganidan kamroq qiziqarli bo‘lishi mumkin

Bu qidiruv filtrlarini birlashtirish mumkin – masalan, 2016 yil, martda yuborilgan, «qayiq» so‘zi mavjud bo‘lgan xabarni qidirish.

Anonim guruh administratorlari

Telegram ilovasidan demokratiya va ozodlik uchun namoyishlarni tashkillashtirish uchun keng foydalanilmoqda. Bugun biz xavfsizroq namoyishlar uchun yana bir vositani taqdim etmoqdamiz.

Administrator huquqlarida Anonimlik bandini yoqing va ushbu administrator a’zolar ro‘yxatidan berkitiladi. Uning chatdagi xabarlari kanallardagiga o‘xshab guruh nomidan post qilinadi.

Kanal fikrlari

Aytgancha, kanallar haqida: biz muhokama guruhiga ega kanallardagi postlarga fikr bildirish tugmasini qo‘shdik. Har bir post uchun fikrlar bilan o‘z bo‘limi chiqariladi, lekin administratorga tartibni kuzatish oson bo‘lishi uchun barcha fikrlar biriktirilgan guruhga ham o‘tkaziladi.

Biz Internetdan funksiyani nomlashni hech qachon so‘ramaganimizning sababi bor.

Agar siz kanalning muhokama guruhi a’zosi bo‘lmasangiz, Javoblar deb nomlangan yangi chat orqali xabardor qilinasiz.

Faqat cheklangan vaqtda siz bu funksiyani ushbu kanalda sinashingiz mumkin.

Agar o‘z kanalingizda muhokamalarni yoqishni xohlasangiz, Kanal sozlamalari > Muhokama rukniga kiring.

Android uchun boshqa yangilanishlar

Android ilovasida yangi ravon animatsiyalar paydo bo‘ldi. Ular klaviaturani klaviaturani berkitganingizda yoki kengaytirganingizda, shuningdek, chapdagi menyu orqali kun va tun mavzularini almashtiganingizda chiqadi. Bundan tashqari, animatsiyali qalqib chiquvchi oynalar qo‘shildi – masalan, xabarlarni o‘chirishda, chatlar uchun bildirishnomalar sozlamalarini o‘zgartirishda yoki multimediani saqlashda.

Men kunda davomida ushbu mavzularga almashtirishim mumkin

Guruh chatlarida a’zoning profil rasmini bosib turish orqali uning kattalashtirilgan rasmini ko‘rish mumkin. Bir ilovada bir nechta akkauntlardan foydalanuvchilar esa endi akkaunt almashtirgichini bosib turish orqali uning boshqa akkauntlari chatlar ro‘xatiga nazar solishi mumkin.

Yangi animatsiyali emojilar

Biz animatsiyali emojilar qatorini boyitishda davom etmoqdamiz. Animatsiyali versiyasini ko‘rish uchun istalgan chatga alohida xabarda quyidagi emojilardan 👇 birini yuboring.

Buguncha shular, fikrlaringizdan xursand bo‘lamiz.

O‘QING: Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.