Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

  •   DiMaX
  •  6764
  •  26.06.2020 13:55

Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

Pavel Durovning Telegram’i va AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi (SEC) o‘zaro kelishuvga erishdilar. Bu haqda SEC vakilining ishni boshqargan sudya Kevin Kastelga yo‘llagan maktubida aytiladi, deb yozmoqda Forbes.

O‘QING: Telegram o‘z tarixidagi eng yirik zarbaga uchradi va $1,7 mlrd.lik loyihasidan ayrildi!

Kelishuvga ko‘ra, Telegram $1,244 mlrd.ni investorlarga qaytarishi va 18.5 million dollar miqdorida jarima to‘lashi kerak. Bundan tashqari, kompaniyadan 45 kun ichida ma’lum raqamli aktivlarni chiqarishda ishtirok etish to‘g‘risida SEC’ga xabar berish talab qilinadi, deyiladi xatda. Telegram shuningdek, 1933 yildagi AQSh qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunining 5-bo‘limini buzmaslikka va’da berdi. Bu SEC tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishini taqiqlaydi.

Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida bitim to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqladi. Kompaniya sud jarayonini davom ettirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti va uning aybini tan olish yoki rad etishga majbur qilmasdan nizoni hal qilishdan mamnun. Telegram allaqachon investorlarga «$1,2 mlrd.dan ko‘proq to‘lagan», deyiladi xabarda. «Umid qilamizki, kelajakda AQShda blokcheyn texnologiyasini tartibga solish muhiti boshqalar uchun yanada qulay bo‘ladi», – deb ta’kidlaydi Telegram.

O‘QING: Stiv Jobsning bolalariga buyurmagan boyligi Telegram’ga tikildi!

Telegram o‘tgan yilning kuzida o‘zining TON blokcheyn platformasi va GRAM kriptovalyutasini emitatsiya qilishni rejalashtirgandi. Durov ushbu loyihani amalga oshirish uchun investorlardan 1,7 milliard dollar yig‘di, ammo SEC’ning talabiga binoan platformaning ishga tushirilishi qoldirildi. Amerikalik regulyator Telegram kriptovalyutasini qimmatli qog‘ozlar deb hisoblagan va kompaniyaning moliyaviy holati, uning biznesi, menejmenti va xatarlari to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilmagani uchun emissiyani tayyorlash paytida kompaniya qonunni buzganligini ko‘rsatgan.

Ushbu masala bo‘yicha sud jarayoni olti oydan ko‘proq davom etdi, ammo oxirida Durov o‘zining kriptoloyihasi yopilishini e’lon qildi. Telegram jamoasi investorlarni investitsiya qilingan mablag‘larning 72 foizini qaytarib olishga yoki 2021 yil 30 aprelda kutib turishga va sarmoyalar hajmining 110 foizini olishga taklif qildi. Shu bilan birga, amerikalik sarmoyadorlar tanlovsiz qolishdi – ular investitsiya qilingan mablag‘larning faqat 72 foizini qaytarib olishlari mumkin edi.

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!