Telegram asoschisining fikrlash va ish samaradorligiga olib keluvchi hayotiy tamoyillarini o‘rganamiz

  •   DiMaX
  •  1088
  •  07.06.2019 12:15

Telegram asoschisining fikrlash va ish samaradorligiga olib keluvchi hayotiy tamoyillarini o‘rganamiz

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i hamda Telegram messenjerining muassisi Pavel Durov kuni kecha o‘z turmush tarzi haqida yangi postini yozgan. Telegram Uzbekistan kanali esa uning ruscha va o‘zbekcha tarjimasini e’lon qildi.

O‘QING: Telegram bormi? «Jamoatchilik fikri» kanalidagi so‘rovlarda fikringizni ifodalang!

O‘zbekcha tarjimasi «Bosiqlikka ishonch» deb nomlangan postda Durov shunday deydi:

Meni kuzatib borayotganlar men bosiqlik va sipolikka ishonishimni bilishadi. So‘nggi 15 yil mobaynida men hech qanday spirtli ichimliklar, kofein, go‘sht, dorilar yoki tez yeyiladigan ovqatlarni (fast-fud) iste’mol qilmagan edim. Sog‘lik nuqtai nazaridan bu yaxshi natijalarga olib keldi: so‘nggi 15 yil ichida faqat bir marta isitmam oshdi. Odatda men kasal bo‘lmayman.

Bir yil burun yeguliklarim ro‘yxatiga men qo‘shimcha cheklovlar qo‘shgan edim: glyuten, sut mahsulotlari, tuxum va fruktozadan voz kechdim. Men fikrlashning ravshanligi va samaradorlikni oshirish uchun, shuningdek, o‘zimni iroda va intizomga o‘rgatish uchun bunday qarorga keldim.

Men irodamni yaxshilash uchun foydalanadigan yana bir uslub – har qishda Finlyandiyada yoki Shveysariyada sovuq suvda suzishdir. Agar siz hech yupqa muzli qatlamli ko‘lda bir necha daqiqa mobaynida turgan bo‘lsangiz, siz zerikarli, ammo kerakli bo‘lgan loyiha ustida ishlashni boshlashga ancha tezroq kirishib ketishingizni ehtimoli balandroq bo‘ladi.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

May oyida men ovqatni faqat baliq va dengiz mahsulotlari bilan chekladim. Agar siz yaqinda tutilgan yovvoyi baliqlarni iste’mol qilish imkoniyatingiz bo‘lsa, unda men ushbu parhezni samaradorlikni oshirish uchun tavsiya etaman. Yaqinda (taxminan 15 000 yil oldin) oziq-ovqatimiz tarkibiga kiritilgan mahsulotlar yoki dehqonchilikda tayyorlangan go‘sht mahsulotlaridan farqli ravishda, olovda tayyorlangan yovvoyi baliq – bu bizning ota-bobolarimiz so‘nggi million yillar mobaynida iste’mol qila boshlagan mahsulotdir.

Insonga kundalik suv manbai kerak bo‘lgani uchun u daryo va ko‘l atrofida yashashga majbur edi, shuning uchun evolyusiya nuqtai nazaridan, dengizchilarning ratsioni men uchun vegetarianizm yoki ishlov berilmagan mahsulotlarga qaraganda mening mantiqimga ancha ko‘proq to‘g‘ri keladi.

Bu oyda men radikal uslubda hech qanday oziq-ovqat iste’mol qilmaslikka harakat qilaman. Oxirgi 6 kun suv parhezida bo‘lib, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Oziq-ovqatlarni umuman iste’mol qilmaslik fikrlash ravshanligini kuchaytirar ekan, men oziq-ovqatni boshqarish sohasida juda ko‘p ishlar qildim.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Ro‘za kabi parhez – bu oshqozon tizimini tozalash va qayta tiklashning ajoyib usulidir, shuningdek immunitet tizimini nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarini tozalashda, balki boshqa narsalarda ham ishlash imkoniyatini beradi. Bizning ovchi-yig‘uvchi ajdodlarimiz uzoq vaqt ovqat yemay yurishgan, shuning uchun tanamiz evolyusiya qilgan, hamda har yili kamida bir marta unga dam berishimizni kutib keladi. Shu sababli dinlarning ko‘pchiligi ro‘za an’anasiga egadirlar – bu tanaga ham, aqlga ham foydali va kerakli.

Albatta, natijada ba’zi mushaklarning massasini yo‘qotishim mumkin, biroq, men ro‘za (parhez) vaqtida Telegram uchun yangi ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topaman va bu millionlab Telegram foydalanuvchilari uchun foydali bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Foydalanuvchilarimizning hayotini yanada yaxshiroq qilish men uchun birinchi eng yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan va ega bo‘ladi, deya o‘z so‘zini yakunlagan Durov.

O‘QING: Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!