Telegram’dagi xatolik sababli o‘chirib yuborilgan xabarni tiklash yo‘li topildi!

  •   DiMaX
  •  20909
  •  09.04.2019 15:20

Telegram’dagi xatolik sababli o‘chirib yuborilgan xabarni tiklash yo‘li topildi!

Xabaringiz borki, Telegram messenjeri jamoasi yaqinda barcha platformalar uchun taqdim etilgan ilovalarini yangiladi. Unda, jumladan, shaxsiy yozishmalarda istalgan kishi, istalgan vaqtda yozgan xabarni barcha uchun o‘chirish imkoni ham berilgan.

O‘QING: Telegram’ni tinch qo‘yishmayapti: Durov noiloj kompaniyani yopdi!

Endi esa messenjerda aniqlangan nosozlik tufayli o‘zingiz o‘chirgan xabarni tiklash imkoni borligi ma’lum bo‘ldi. Bu usul faqat messenjerning kompyuter va noutbuklar uchun taqdim etilgan Telegram Desktop dasturidagina ishlaydi.

Shunday qilib, o‘chirilgan xabarni tiklash jarayoni quyidagicha:

  1. Suhbatdoshga istalgan bir xabarni yozib yuboring. Masalan, shunchaki «Salom» deb yozasiz.
  2. Telegram Desktop interfeysining chap tomonidagi chatlar ro‘yxatida o‘sha suhbatdosh nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan cherting.
  3. Ochilgan menyudan yozishmalar tarixini tozalash funksiyasi – «Ochistit istoriyu» bandini tanlang.
  4. Yozishmalarni suhbatdoshingizda ham o‘chirish uchun «Takje udalit dlya...» degan joyiga belgi qo‘ying va o‘chirishingizni tasdiqlang.
  5. Suhbatdoshingizga yangi xabar yozib yuboring, masalan – «Xayr» so‘zini.
  6. Shu yuborilgan xabarning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan cherting.
  7. Ochilgan menyudan «Udalit soobщyeniye»ni tanlang
  8. Suhbatdoshingizda ham o‘chirish uchun «Takje udalit dlya...» degan joyiga belgi qo‘ying va «Udalit»ni bosib, o‘chirishingizni tasdiqlang.

Telegram mantig‘iga ko‘ra, ushbu yozishma endi bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolishi kerak, lekin amalda unda boyagi yuborgan («Salom» deb yozilgan) xabaringiz paydo bo‘lib qoladi. Bunda suhbatdoshingizda barcha – o‘zi va siz yozgan xabarlar o‘chib ketadi; siz chatdagi oxirgi xabarni faqat o‘zingiz uchun tiklab olganingiz unga ko‘rinmaydi.

DIQQAT: bu usulda o‘chirib-tiklaganingizda, siz faqat so‘nggi yuborgan xabaringiznigina qayta tiklay olasiz. Shu suhbatdoshingiz bilan kechgan avvalgi yozishmalarning barchasi QAYTA TIKLANMAYDIGAN BO‘LIB o‘chib ketadi. Shu bois ushbu funksiyani sinab ko‘rishda ehtiyot bo‘lgan ma’qul.

O‘QING: Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!