Telegram faoliyati tiklandi. Uning ishlamay qolishida Roskomnadzorning aybi bormi?

  •   DiMaX
  •  2686
  •  29.03.2018 17:02

Telegram faoliyati tiklandi. Uning ishlamay qolishida Roskomnadzorning aybi bormi?

Bugun, 29 mart kuni Telegram messenjeri O‘zbekistonda ham ma’lum muddat ishlamay qoldi. Bunda ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda kompaniyaning Roskomnadzor bilan sudlashuv mojarolari kelgan bo‘lsa ajab emas.

O‘QING: Telegram messenjeri ko‘p davlatlarda ishlamay qoldi

Shuning uchun bo‘lsa kerak, Rossiya hududida Telegram’ni bloklashini aytgan Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor mazkur messenjerning faoliyatidagi uzilishda o‘zining aybi yo‘qligini tezda e’lon qilgan:

O‘QING: Telegram’ni bloklashmoqchi, vaziyat jiddiy!

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur messenjer bir qancha mamlakatlarda ishlamay qolgan. Masalan, Yevropada uning faoliyati buzilgan hududlar xaritasi quyidagicha:

Messenjer asoschisi Pavel Durovning izohlashicha, uzilishlar «Telegram serveri klasterlaridan birida quvvat o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammo tufayli» kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, agarda bloklanishi yoki boshqa biror sabab bilan Telegram ochilmay qolsa, unga smartfondan ham, kompyuterdan ham kirish yo‘llari mavjud.

O‘QING: Telegram bloklansa ham iOS yoki Android-smartfondan unga kirish yo‘li bor!

O‘QING: Telegram bloklansa ham unga kompyuterdan kirsa bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!